Namangan davlat pedaogika instituti pedagogika fakulteti


Adabiy – ijodiy to`garaklar



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə27/27
tarix24.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125804
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
2 Mirsaidova Tojixon

Adabiy – ijodiy to`garaklar
Mazkur to`garakning mashg`ulotlari 2 xil xarakterga egadir. Mashg`ulotning bir xili sinfda olingan bilimni mustahkamlash va tuldirishga, adabiy asarlar yoki ayrim yozuvchilarning ijod yo`li bilan tanishishga qaratilsa, ikkinchi bir xili o`quvchilarning mustaqil ravishda olib boradigan ijodiy ishlarini ustirish va unga rahbarlik qilish, yo`llanma berishga qaratilgan bo`ladi. Buning yaxshi tomoni shundaki, o`quvchilar bir mashg`ulotda biror yozuvchinig asarini tahlil qilsalar, ikkinchi mashg`ulotda xuddi shu asosda to`garak a`zolari tomonidan yozilgan she`r va hikoyalarni tahlil qiladilar. Olingan nazariy bilimlar va asarning badiiy xususiyatlari, ma`naviy va madaniy san`atlar haqida bilimlari yo`zasidan hosil kilgan malakalarini o`z asarlari muhokamasiga ham tatbik qiladilar. Xuddi shu yusinda o`tkazilgan mashg`ulot natijasida o`quvchilarda adabiy asarlar o`qishga xavas uygonadi.
To`garakning vazifasi va maqsadi esa o`quvchilarning qiziqishini tarbiyalashdan ularga sistemali ravishda ko`rsatma berib borishdan iborat bulmogi lozim.
Mustaqil ijodiy ishlar albatta nuksonli bo`ladi. Bu ishda juda extiyot bulmok kerak. Rahbar to`garak a`zosini bezdirib kuymasligi, tahlil va tuzatish jarayonida bosiklik bilan, ilmiy nuqtai nazardan yondoshmogi lozim.
Ijodiy mustaqil ishlarni tahlilda kichiq xajmli asarlarni ayniqsa she`rlarni doskaga yozish, va doskada tushuntirib berish lozimdir.Umumiy muxokada to`garak a`zolari o`z fikrlarini aytadilar. O`qituvchi rahbarlgida shu ish nuksonlarini tuzatib chiqish, kelgusida qanday yozish yo`llarini ko`rsatish, tahlil qilingan asarlarni gazeta va jurnallarda nashr qildirish yo`llari kurib chiqiladi. / Taqrizlar yozdir. / tinglash va muhokama yakunlanadi, yutuq va kamchiliklarni tuzatish yo`llari ko`rsatib beriladi.
Drama to`garagi – o`quvchilarning adabiyotga, ayniqsa dramatik asarlarga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalash vositasidir.
Xususiyatlari: to`garak a`zolari oldiga quyiladigan talablarning xarakteridan kelib chiqib, to`garak a`zolari adabiyot nazariyasi, badiiy asarni tahlil qilish yo`llari, janrlar va ularning xususiyatlari, to`zilishi va ishlari bilan tanish bo`lishlari lozim. To`garakka qiziquvchi xavaskorlar to`planadi. Mashg`ulotlar sinfda va sinfdan tashqari uqiladigan materiallar asosida mashg`ulot rejasi to`ziladi.
To`garakning eng muhim bosqichlaridan biri asarni sahnaga quyishga tayyorgarlik davridir. Bu davrda o`quvchilar asarning maqsadi, badiiy xususiyati va uni o`qish texnikasi bilan tanishadi. Muhim ahamiyatga ega bo`lgan narsa repertuardir. Har qanday sahna asarlarini emas, balki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan, o`quvchilarda mehr-shavkat, muhabbat, vatanparvarlik ruhini tarbiyalaydigan, ularning hayotlariga yaqin to`rgan asarlarni, o`quvchilarga tanish bo`lgan yozuvchilarning asarlarini / hikoya, roman, povest, x.z./ ishlab chiqilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Drama to`garaklarda mashg`ulotning yana bir turi adabiy montajlardir. Tanlangan mavzuni yoritish uchun turli asarlardan kerakli epizodlarni, she`riy parchalar, ashulalar kiritiladi.

41-mavzu. Boshlang'ich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi.


“Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda” 1 - deb so’z yuritadi mamalakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev.О‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang‘ich ta’lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, о‘quv uslubiy ta’minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida о‘qitish, modulli ta’lim texnologiyalarini qо‘llash, о‘quv materiallarini strukturalashtirish, ta’lim mazmunini ilmiy tashkil etish va fanlarni o’zlashtirishda kompetensiyadan foydalanish ta’lim samarasini yuksaltirmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’z nutqlaridan birida shunday deydi: Darhaqiqat, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar, tabiiyki, ta’limda kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umum-madaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini topishi, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishlari va darslar davomida o’quvchilar ongiga singdirib borishlari lozim. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi. Bu savolga javob berish uchun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy tarkibiy qismlariga e’tibor qaratish lozim.Ya’ni ta’lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini javob tariqasida aytish mumkin.2 O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehroqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Kompetensiyalar o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga xizmat qiladi, shuningdek, bunday kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, umuman olganda hamma fanlarda barcha kompetensiyalarni o’quvchilarda shakllantirish, ularni kelajakda o’z faoliyatlari jarayonida, oilada, jamiyatda va barcha jabhalarda o’z o’rnini topishga xizmat qiladi deb hisoblayman. Darslar davomida kompetensiyalarni o’z o’rnida va to’g’ri qo’llanilishi ko’zlanga natijaga erishishda yuqori samara beradi.

42-mavzu. Savod o'rgatish metodikasi. Savod o'rgatish metodikasining maqsad va vazifalari. Savod o'rgatishda qo’llanadigan metodlar. Savod o’rgatish jarayoni bosqichlari.


Maktabda o’qitish elementar o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. “Alifbe”ga asoslangan holda qisqa muddatda o’quvchilar o’qish, yozishga o’rgatiladi, so’ng o’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtiriladi, bora-bora malakaga aylantiriladi.
O’qish va yozish malakasi nutqqa oid malaka. O’qish va yozish malakasi nutq faoliyatining boshqa turlari bilan ham bog’liq. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi mumkin. O’zbek tili yozuvi - tovush yozuvi. Yozuvda o’quvchi tovushni harfga, o’qishda esa harfni tovushga aylantirishdek murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. Bu faoliyat doimiy ravishda yuz berishini nazarda tutib, o’qish va yozish parallel olib boriladi. O’zbek tili yozuvi - fonematik yozuv. O’zbek tili yozuvi uchun 1993-yil lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har tovushi uchun yozuv unga mos shakl qabul qilindi. O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarga tovushlar haqida ma’lumot berishda o’zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodida olib boriladi. So’z bo’g’inga ajratiladi, bo’g’indan kerakli - o’rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o’rganilgan harf bilan sintezlanadi. Hozirgi o’zbek tili unlilar sistemasi: a) o, u, o’, e, i, a. Savod o’rgatishda tovushharf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. E - harfi so’z va bo’g’in boshida o’rta keng lablanmagan unli o’rnida va undoshdan keyin yoziladi: Savod o’rgatishda oldin so’z boshida keladigan e, so’ng undoshdan keyin keladigan e o’rgatiladi. O harfi o’zbekcha, umumturkiy so’zlarda quyi keng, lablangan o tovushini ifodalaydi. Ruscha - internatsional so’zlarda urg’usiz bo’g’inda a tarzida (kalxoz), o’ tovushi kabi (to’nna), qisqa i tarzida (rektir) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unlili so’zlar savod o’rgatish davridan so’ng o’quv jarayoniga kiritiladi. O’zbek tilida 24 undosh tovush bor. SHulardan 3 tasi harf birikmasi. 24 undosh tovush 23 undosh harf bilan belgilanadi. Undoshlarni o’rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslanadi. Alifbo davri sonor - ovozli (ovozdor) tovushlarni o’rgatishdan boshlanadi. Lekin ng sonor undoshi n va g undoshi tovush harfi bilan tanishtirilgach o’rgatiladi. Harf birikmalarini o’rgatishdagi qiyinchilik hisobga olingan holda ular alifbe davrining oxirrog’ida o’rganiladi. J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar ajratiladi. Savod o’rgatish jarayonidayoq harfning 4 xil varianti (bosma, yozma, bosh va kichik)ning ishlatilishi o’rgatiladi. O’quvchilarni o’qishga o’rgatish bo’g’in asosida olib boriladi. O’qishning dastlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalanilsa sekin-asta orfoepik o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bo’g’inlab o’qishga o’rgatish uchun so’zni bo’g’inga bo’lish, bo’g’in hosil qiluvchi tovushni aniqlash, ochiq-yopiq bo’g’inlarni farqlashga o’rgatish muhim sanaladi. O’qish ham yozish ham murakkab nutq faoliyati. U kichik yoshdagi o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi. Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi: 1.Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun oldingi ko’z oldiga keltirilgan rasmlarni yo boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni aytishga oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, ikkinchi harfni eslab qo’shguncha birinchisi esdan ko’tariladi, yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha o’qish jarayoni sustlashadi. 2.Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni, so’zni qayta o’qishga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in va so’zni butunicha idrok eta boshlaydi. 3.O’qishni endi o’rganayotgan bola o’qiyotgan matn mazmunini o’zlashtirmaydi, chunki so’zni qanday o’qishga kuch beradi-da, so’z ma’nosiga e’tibor bermaydi. Darslikdagi rasmlar, o’qituvchining savollari, ko’rgazmali qurollar ongli o’qishlarini ta’minlaydi. 4.Tajribasiz kitobxon so’zni birinchi bo’g’iniga yoki rasmga qarab topadi. Bu xato o’qishga olib keladi. Bu xatoning oldini olish uchun so’z bo’g’inlab o’qitiladi, so’zni bo’g’in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi. O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi, tafakkurini va nutqini o’stirishga katta e’tibor berish kerak.Savod o’rgatishda fonematik eshitish qobiliyatlarini o’stirish, to’g’ri va aniq talaffuz qilishga o’rgatish, tovushni ajratish ko’nikmasini o’stirish muhim sanaladi. Yozuvga o’rgatish o’quvchilar ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qo’yish, harfni yozishda yozuv chiziqlari e’tibor bilan boshlanadi. Ular bo’ylab qo’lni harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga ulashi, qatorga sig’ish-sig’masligi mo’ljallanishi lozim. Bular o’quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, barmoq va yelka muskullari charchaydi, bular darsda ikki-uch marta fizkultura mashqlarini o’tkazishni taqozo qiladi. Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat o’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga o’rgatishning - “hijjai qadimiy” deb atalgan usuli asarlar davomida hech qanday o’zgarishsiz davom etib kelgan. Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin. 1-bosqich.Harflarning nomini yodlatish (harfiy metod). Bu metodning mohiyati asosan quyidagilardan iborat: bir necha yildan beri o’qiyotgan bolalar maktab xonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, ularni birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. SHundan keyin arab alfaviti yodlatila boshlagan; bola uyida har ikki tomoni randalanib silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alfavit tartibida bandlarga bo’lib yozib bergan. Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan; bola domlaga ergashib takrorlagan; ayta olmasa, domla Yana aytgan va shuni yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach, ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan va h. Bolalar 26 harf nomini 5-6 oyda zo’rg’a bilib olganlar. Ular harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be, qaysisi se ekanini ko’rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli iboralar o’ylab topganlar (- uzunchoqqina alif, bittagina be, - ikkitagina te, uchtagina se kabi). 2-bosqich.Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo’lingach, bo’g’in hosil qilishga, ya’ni - “zeru-zabar”ni o’rgatishga o’tilgan. Eski maktabda - “zeru-zabar” (zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar (be, zabar-be), (be-zerbi), (be-pesh-bu), (te-zabar-ta), h. kabi o’rgatsalar, boshqa ba’zilari be, ba, te, zabar, ta,...kabi Yana boshqalari: be, zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a; zer-i, pesh-u... deb o’rgatadilar va h. Maktabxonada - “zeru-zabar” quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi aytilmagan. Aslida esa bu belgilarni ma’lum xizmati bor: zabar (fatha)-undosh harf ustidagi urg’u belgisiga o’xshash chiziqcha bo’lib, undoshga a unli tovushini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi. Zer (kasra) undosh harf ostidagi chiziqcha bo’lib, shu undoshga i unli tovushini qo’shib aytish kerakligini bildiradi. Pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo’yiladigan belgi bo’lib, shu undosh tovushga u unlisini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi. Demak, arabcha matnlarni o’qish uchun - “zeru zabar”ni bilish juda zarur bo’lgan, ammo o’qishga o’rgatish anglab o’qishga asoslanmagani uchun, bolalar mim zabar ma, mim, zer mi, mim pesh, mu deb yodlaganlar. - “zeruzabar”ning mohiyatini anglamaganlar. 3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish. Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish - “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf nomlangan 8 so’zni -“zeru-zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so’zni birin- ketin hijo usulida o’qib yodlab olganlar. Masalan, abjad o’zi alifbega zabar qo’yib, be ga urishtirilsa, ab; jim ga zabar qo’yib, dolga urishtirilsa, jad: bularning ikkisidan abjad hosil bo’lgan kabi. Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan. - “Haftiyak” ka o’tilgan. - “Haftiyak” dagi suralar ham - “Abjad”dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar - “Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch sarflaganlar
So’zni hijo usulida o’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning nomini, keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib, hijo hosil qilingan; shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, keyin hijolarni birbiriga qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida o’qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan; so’zni tovush jixatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo’shilishi bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zidagi har bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutloqo anglamaganlar. Hijo usulida o’qishga o’rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan,
43-mavzu. Savod o'rgatishda mashq turlari. Savod o'rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o'rgatish.


Analitik-sintetik tovush metodi tamoyiliga muvofiq, o’qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o’qishga o’rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o’qish darsida o’quvchilar harfni o’zlashtiradilar, matnni o’qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so’zni yozadilar.
YOzuvga o’rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim berish, ko’nikmani shakllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.
Grafik malaka, birinchidan, qo’l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o’zlashtirilgan birligi bo’lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi. Bu yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. YOzuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to’g’ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o’z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.
YOzishdan birdan bir maqsad fikrni ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu maqsadni bolalar qanchalik tez anglab etsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to’g’ri shakllanadi. Savod o’rgatish jarayonida bolalar juda sekin yozadilar, o’z fikrini, hatto bir so’z bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o’tadi.
YOzuv malakasi o’qish malakasi bilan uzviy bog’liqdir. Bola yomon o’qisa, yozuvni egallashi qiyin bo’ladi, chunki bo’g’inlab o’qish malakasidan so’ng bo’g’inlab yozish malakasi shakllanadi.
YOzish va o’qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Keyinroq bolalarda o’z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, tafakkurga, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta’sir etadi.
Grafik malakani shakllantirishda quyidagi bosqichlar mavjud:
  1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. YOzuv qurollarini to’g’ri tutish, to’g’ri qiya elementlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va h.


  2. Harf elementlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elementlar, osti va usti ilmoqli elementlar chizish.


  3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.


  4. Harf birikmalarini, bo’g’inni yozish, harflarni to’g’ri qo’shib yozish malakasini hosil qilish uchun so’z yozish.



Grafik malakani hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmadan bir tekisda, elementlarga ajratmay bog’lab tez, bir maromda yozish, so’zlarni qatorga to’g’ri joylashtirishdir.
SHuni ta’kidlash kerakki, savod o’rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko’z oldiga keltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda “chizadi”, harf namunasini ko’chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o’zicha sekin gapiradi: o’qituvchi o’quvchi yoniga o’tirib, ruchkani to’g’ri ushlatadi va uning qo’li bilan harfni yozishni ko’rsatadi yoki o’zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning texnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o’rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so’zni yozishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga binoan 1993 yil 2 sentyabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda qonunga o’zgartirishlar kiritildi. Bu alifbodagi harflarning asosiy xususiyati bosmasdan, qo’lni uzmasdan bog’lab yozishga mo’ljallangan. SHuning uchun yozuvga o’rgatish metodikasida harflarni qo’shishga alohida ahamiyat beriladi. O’quvchilar barcha harflarni bir-biriga qo’shish yo’lini bilishlari lozim.
Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka, xattaxtada yozish uchun bo’rdan foydalaniladi.
Savod o’rgatish davrida bolalarni yozuvga o’rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz, silliq qog’oz ishlashtilgan bo’lsa, keyin quyuqyopiq chiziqlar bilan kesilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan.

Bunday daftar yozuvga o’rgatilgan bola boshlang’ich sinflarni bitirgunga qadar besh xil daftarga o’rganishni talab etilar edi.

Hozirgi vaqtda yozuvga o’rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo’lishi talab qilinadi: 2-

sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o’quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga yozishga o’tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to’g’ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o’rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. YOzuv darsida o’quvchilar “YOzuv daftari” bilan ishlaydilar. Sinfda o’rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo’lgani ma’qul.
O’qituvchi yozish vaqtida 65 gradus qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustida 25 gradus qiyalikda qo’yilishini ta’kidlab turadi.
Orfografiya grekcha “to’g’ri” va “yozaman” so’zlaridan olingan bo’lib, adabiy tilning yozma shakli bilan bog’liq. Orfografiya to’g’ri yozish haqidagi qoidalar ko’nikmasidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til normalari asosida yozma ifodalab bo’lmaydi. O’quvchilarning orfografik savodxonligi haqida g’amxo’rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to’g’ri ifodalash, kishilar bilan o’zaro xatosiz muomala qilish uchun g’amxo’rlik demakdir. Savod o’rgatishda bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan bir vaqtda imloga oid malakani shakllantirishga ham zamin yaratiladi.
Savod o’rgatish davrida o’quvchilar: a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so’zlarda tovush bilan harfning mosligini; b) so’zlarni alohida yozishni, ya’ni yozuv vositasida so’z ma’no birligi sifatida ajratishni; v)so’zning satrga sig’may qolgan qismini keyingi qatorga bo’g’inlab ko’chirib yozishni, bunda bo’g’in hosil qilgan bir unli harfni qatorga ko’chirib yozib bo’lmasligi; g) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo’yilgan nomlarda bosh harfning ishlatilishini amaliy tarzda o’rganadilar.
Savod o’rgatish davridayoq ko’chirib yozish, diktant va ijodiy yozuvlardan foydalaniladi. O’z-o’zini tekshirishga o’rganadilar.
YOzuv darslarida ham o’quvchilar nutqini o’stirish, fikrlashga o’rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi.

44-mavzu. Kitobxonlik faoliyatini shakllantirish O'qish malakasi haqida tushuncha. O'qish malakalarining sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish.

O’qish inson hayotida muhim ahamiyatga ega. O’qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo’ladi, o’qishni bilmagan odamning ko’zi ojiz kishidan farqi yo’q. boshlang’ich sinfda o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatishning yo’l – yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasining kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar borliq fanlar yutugi asosida shakllanib boradi. Masalan, eski maktablarda quruq yod olish metodida o’rganilagan bo’lsa, hozirgi maktablarda o’qish izohli o’qish metodida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so’zlarga izoh berishga, mazmunini tushuntirishga, oqilganini qayta hikoyalashga, umuman olganda, o’qishning ongli bo’lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko’proq to’g’ri talaffuzga, qiroat bilan o’qishga, katta e’tibor berilgan. Shuning uchun, hozir maktablarda o’qish izohli o’qish olib borilyapti. O’qish darslarida o’quvchilar tabiat, jamiyat, unda yashovchi, kishilar hayoti, ularning o’tmishi, hozirgi yashash tarzi, mashhur kishilari haqida, vatanning tabiati: ob-havosi, boyliklari, hayvonot dunyosi va boshqalar haqidagi bilimlarni egallaydilar.


Sinfda o’qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’qish malakasinitakkomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi, to’g’ri o’qish sifatlari: to’g’ri tez, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish. 2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o’rgatish, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonalarni yetishtirish. 3. O’quvchilarni tevarak – atrof, borliq haqidagi bilimlarni kengaytirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish. 4. O’quvchilarni axloqiy, estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. 5. O’quvchilarning nutqini va tafakkurini o’stirish. 6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish. Bu vazifalarni bajarishning aniq yo’li, yaxshi o’qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llaridir. Yaxshi o’qish malakalarining sifatlariga to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish kiradi va ular o’qish darslarida o’zaro bog’liq holda takomillashtiriladi, bu to’rt o’qish sifati bir – biri bilan uzviy bog’liq. Ongli o’qish yaxshi o’qish malakalarining asosiysi hisoblanadi, chunki o’quvchi tez qisqa – o’qiganini anglamasa, bunday o’qish talabga javob bermaydi, o’qiganinitushunmaslikka olib keladi.To’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi. Tez, to’g’ri, ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. Yaxshi o’qish sifatlarini egallash maktabda barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirishning sharti hisoblanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari to’g’ri talaffuz bilan matn ma’nosini puxta sintez qilishda qiynaladilar. O’qish ko’nikmalarini takomillashtirish uchun asar ustida ishlashni o’qitish bilan birga amalga oshirish zarur. O’qish jarayonida xatolar turli sabablarga ko’ra chiqadi: 1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida puxta talaffuz qilishga harakat qiladi. va ma’nosini e’tibordan chetda qoldiradi. 2. So’zlar ko’p bo’ginli (murakkab bo’g’in tuzilishidagi so’zlarni o’qishda), ya’ni sozning tovush tarkibi murakkabligi uchun tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadilar. 3. To’g’ri o’qish yorug’likka, matn shriftiga, bolaning ko’ruv sezgisiga ham bog’liq. To’g’ri o’qisni ta’minlash uchun o’qituvchi quyidagilarga rioya qilishi kerak: 1. Matnni o’qishdan oldin undagi o’qilishi qiyin, tuzilishi murakkab so’zlarni, birikma va gaplarni aniqlashi, ular ustida ishlash usullarini belgilab olishi lozim. 2. Ma’nosi tushunarsiz so’zlarni aniqlashi. 3. Matnning yaxsh, orta, yomono’qiydigan o’quchilarga o’qitiladigan qismini oldindan belgilab chiqishi.
4. O’qituvchi yoki sinf o’quvchilarining nazorati ostida o’qishni doimiy mashq qildirishi. O’qituvchi o’qish davonida o’quvchilar xato qilishi mumkin bo’lgan o’rinni belgilab olishi lozim.Xato o'qishni bartaraf etish uchun: 1. Tuzilishi murakkab so’zlarni xat taxtaga yoki kartonga bo’g’inlarga bo’lib yozish, oldino’quvchilarga ularni bo’g’inlab, so’ng sidirg’a o’qishni mashq qildirishi. 2. So’z ma’nolarining sinonimi, antonimini keltirib, yoki gap ichida qo’llab tushuntirishi. 3. Xat cho’pdan foydalanish. Xat cho’p diqqati tarqoq bolaga, ko’ruv sezgisi past o’quvchida juda foydali. 4. Xato o’qishi mumkin bo’lgan o’rindan o’quvchini ham ogohlantirish. 5. Kesma harf va kesma bo’g’inlardan foydalanish. 6. To’g’ri o’qish uchun sharoit yaratish. 7. Shivirlab va ichda o’qishdan foydalanish. O’quvchilar yo’l qo’yadigan xatolar 2 xil: 1. So’z ma’nosini noto’g’ri anglashga olib keluvchi xatolar. (urg’uni noto’g’ri qo’yib o’qish tuifayli) 2. So’zlarni o’qib olishga halal beradigan xatolar. Ongli o’qish asar mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, timsollarini, badiiy vositalarni ro’lini tushunib o’qish ongli o’qish deyiladi. Bola asarda tasvirlangan voqea hodisalarga munosabat bildira olsa, ongli o’zlashtirgan bo’ladi. Ongli o’qish quyidagi metodik shartlarga bo’gliq: 1. O’quvchuning hayotiy tajribasiga. 2. So’zlarning lug’aviy ma’nosini tushunishiga. 3. Gapda so’zlarning tushunishiga. Ongli o’qish 2 xil ma’noda qo’llaniladi: O’qish texnikasi, O’qish sifati. Asar qurilishini tushunish ongli o’qishdir.O’quvchining ongli o’zlashtirib o’qigani, uning ifodali o’qiganidan, asar yuzasidan berilgan savollarga javobidan aniqlaniladi.Ongli o’qish bilan ifodali o’qish biri – ikkinchisini taqazo etadi. Ifodali o’qish.Asrani uning g’oyasiga, yozuvchining niyatiga mos ravishda o’qish, asar jozibasini ifodalab, ravon, aniq, to’gri o’qish ifodali o’qish deyiladi. Ifodali o’qish adabiyotni aniq va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir. O’qituvchi, ifodali o’qish orqali asar mazmunini va emotsionallaigini o’quvchialarga ko’rgazmali ravishda yetkazadi. Intonatsiya – urg’u, temp, ritm, to’xtam, ovozning baland – pastligining yig’indisi.Bular og’zaki nutq elementlaridir.Bu orqali qahramonlarning turli kayfiyatlari, ichki kechinmalri ifoda etiladi. Ifodali o’qishni egallashning asosiy shartlari:
1. Nafasni to’g’ri olish va to’g’ri sarflash. 2. Tovushlarni aniq talaffuz qilish, burro gapirish. 3. Adabiy talaffuz normalarini egallash. Bular ifodali nutqqa ham taaluqli. Ifodali o’qish shartlaridan yana biri ovozning baland – pastligi, yoqimliligi, tinish o’rnini asar mazmuniga mos holda o’zgartira olishlik. Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda 3 bosqichga bo’linadi: 1. Qahramonlarning xatti –harakatini tahlil qilish, g’oyasini belgilash, badiiy vositalarning vazifasini tushunish. Demak, asar tahliliifodali o’qishni ta’minlaydi. 2. Pauzaning, urg’uning o’rnini, nutq tempini belgilab olish. 3. O’qishni mashq qilish. Avvalo, o’qituvchiifodali o’qish namunasini ko’rsatishi zarur.Ifodalilik ko’rgazmalilik demakdir. O’qish darslari o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish, hamda o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlar bilan boshqa o’quv predmetlari orasida alohida o’rin tutadi. O’qish darslari jarayonida o’quvchilarning o’qish malakalari nakomillashib, to’g’ri, ongli vaifodali o’qish, badiiy asar g’oyasini tushunish qobiliyatlari o’sib boradi. “O’qish kitobi”dagi turli janrlarga xos bo’lgan badiiy asarlarni o’qish va ular ustida ishlash orqali o’quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur – tushunchalari kengayadi. 1-sinfda o’quvchilar ongli, turli va bir me’yorda bo’g’inlab o’qish malakasini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi. O’quvchilar o’qigan matnlarning mazmunini o’qituvchining yordamchi savollari asosida hamda kichik hajmdagi matn mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib, so’zlab berishga o’rganib boradilar. 2-sinfda o’quvchilarda so’zni butunicha o’qish malakalari shakllanadi va ongli, to’g’ri, ifodali o’qishga intilish yaqqol seziladi. O’qish tezligi ortadi.Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay mustaqil o’qiy boshlaydilar.O’qituvchi rahbarligida o’qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea – hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar. O’qish va matnni savollar asosida hikoyalashda o’quvchilar nutqining to’g’ri va aniq bo’lishiga, nutqda so’zlardan o’rinli foydalanishlarga e’tibor beriladi. 3-sinfda o’quvchilar so’zlarni butunicha o’qish malakalarini to’la egallab, ongli va ifodali o’qishga ko’proq e’tibor beradilar. O’qilgan matn mazmunini mulohaza qilish, voqealar yo’nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo’ladilar.Bu sinfda o’qilgan asarning badiiy – tasviriy xususiyatlari ustida ishlash davom ettiriladi. 3 – sinf o’quvchilariga o’zaro fikr olishuv jarayonida xalq maqollari va obrazli ifodalardan o’rinli foydalanish, adabiy talaffuz normalariga rioya qilishga o’rgatiladi.
4 –sinfda o’quvchilar matndagi so’zlarni butunicha ma’nosiga tushunib to’g’ri o’qish malakalarini to’la egallaydilar. O’qiganlari mazmunini qayta hikoyalsh, matnni qismlarga bo’lish va soda reja tuzish vazifalarini bajara oladilar. O’qish va gapirish jarayonida o’quvchilarning abadiy normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yuqorida belgilangan talablar asosida o’z ishlarini natijasini nazorat qilib borishi kerak.O’qish darslarida darsning asosiy qismini o’quvchilarning o’qishiga ajratish lozim. O’quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir necha marta o’qitiladi va o’qish mas’uliyatlari orttiriladi.

45-mavzu. Boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish. Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari Boshlang'ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni.




Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emostional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina etarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan: 1. Adabiy qahramonga emostional munosabat. 2. Elementar tahlil qilish. Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z boyliklari etishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emostional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi. Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo‘proq ishlash lozim. 4-sinfda «Qodir bilan Sobir» hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini ochishda tanlab o‘qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga bergan savollariga javobni xattaxtada tarmoqlash usulida yoritib boradi. Masalan, «Qodir qanday bola?», «Qodirning maqtanchoqligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning qo‘rqoqligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning yolg‘on gapini Sobir qanday to‘g‘riladi? Shu o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning zo‘ravonligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing. O‘qigan qismlaringiz asosida Qodirning xususiyatlarini isbotlab bering» kabi savollar asosida quyidagicha jadval hosil bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga o‘zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog‘liq holda badiiy asarnn tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradigan mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va h. k. XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi. Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999 yil boshlang‘ich ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o‘quv dasturlari yangilandi. 2005 yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, “O‘qish kitobi” darsliklari ham yangilandi. O‘zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. Vasileva, V. G. Gorestkiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. Omorokova, E. A. Nikitina, N. S. Rojdestvenskiylar, o‘zbek olimlaridan A.Zunnunov, K.Qosimova, Q.Abdullaeva, S.Matchonov, M.Yusupov, M. Umarova, X.G‘ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o‘qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi). 2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig‘i, kompozistiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi)ni ta’minlaydi. 3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri uning o‘quvchilarga hissiy ta’siridir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr ko‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o‘qish va asarni tahlil qilish malakasini hosil qiladi. O‘quvchilar adabiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy tushunchalarni shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar adabiy tushunchalarni o‘rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir syujetliligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida ahamiyat berish zarur. Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydalanilgan. O‘quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o‘rgatish zarur. Asar o‘qib bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma’nosi matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan ko‘p foydalaniladi. Ular bolalarga masal mazmunini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlar asarni o‘qishdan oldin tushuntiriladi. Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan, «Ayoz bobo novvot sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi» topishmog‘ida o‘xshatish, «Chiq-chiq» ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi» topishmog‘ida jonlantirish qo‘llangan.
«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa» masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. Xususan, ularda «O‘g‘irlik mol aylar jonsarak», «Bola ko‘nglin ko‘tarar», «Kosang joningga huzur», «Senga qalqon usti-bosh», «Parcha go‘sht bo‘lib yurar», «Jish Toshbaqa» kabi ibora, birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida ishlashda “Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo‘lib o‘tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring” kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma’noni boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: «Bola ko‘nglin ko‘tarar» - Bolasiga yaxshi gaplar gapirar, «Kosang joningga huzur» - Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin