Namangan davlat pedaogika instituti pedagogika fakulteti


Boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə6/27
tarix24.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2 Mirsaidova Tojixon

Boshlang`ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi
Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida,hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.Interfaol metodlar orqali o’quvchilarning tashabbuskorligi hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib darslarni tashkil etilsa, o’quvchi darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati yaxshilanadi.
Interfaol usullar orqali o’tilgan darslar o’quvchini ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali o’tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni o’zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni o’quvchi va o’qituvchi o’rtasidagi o’zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi bo’lgani kabi interfaol usullarni qo’llashdan maqsad bo’ladi.Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars ham qiziqarli, ham mazmunli o’tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang’ich sinf o’quvchilar juda o’yinqaro bo’lishadi. Shuning uchun ham darslarni rangbarang metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Ko’paytirish jadvali”ni tushunishida o’quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol metodlar orqali tushuntirilsa, o’quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo’ladi.Hozirgi yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o’qituvchilar interfaol metodlar asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz.Oddiygina o’qitish metodini olsak, bu tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko’pchiligida o’qitish metodlari o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo’lib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar,malaka va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi.Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedogikasi uchun yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar samarali natija bera oladi:
-Dars va mavzuning maqsadlari to’g’ri aniq tanlanganda;
-Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
-Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni qamrab olsa;
-Tanlagan metod o’quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa,o’quvchi mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi.Matematika o'qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o'quvchilarni umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash vazifasini qo'yadi.Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos xususiy metodlarini o'rgatadi.Xususiy metodika matematika o'qitishning asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek o'quv faoliyatini tashkil qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini o'rgatadi.Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas bog'liqdir.
1) O'qitish asosi bo'lgan matematika bilan;
3) Psixologiya;

4) Boshqa o'qitish metodikalari bilan (ona tili, mehnat ...).
Boshlang'ich matematika o'qitish kursi o'quv predmetiga aylangan.Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari:
1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,
2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi kerak;
3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak;
4) ta'limni insonparvarlashtirish;
5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi;
6) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishni ko'rsatadi.Boshlang'ich matematika kursining vazifasi maktab oldiga qo'yilgan "o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-hunarga yo'naltirish, kasblarni ongli tanlashga o'rgatish" kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat.Shunday qilib, boshqa har qanday o'quv predmeti kabi matematika boshlang'ich kursi matematika o'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:
1. Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi.
2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:
a) o'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to'g'risida o'quvchilarga yetarli darajada ma'lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi kerak.Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilar o'qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.

8-mavzu. Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish. o'quvchilarning daftar bilan ishlashda qo'llaniladigan metodlar


O‘quvchilаr bilimini tеkshirish vа bаhоlаsh didаktikаdа bаrchа fаnlаr uchun umumiy qilib berilgаn. Bilimlаrni tеkshirish vа bаhоlаsh mаqsаdi o‘qituvchi uchun o‘quv mаteriаlini o‘quvchilаrning o‘zlаshtirish sifаtini, dаsturdаgi bilimlаrni egallаsh dаrаjаsini, mаlаkа vа ko‘nikmаlаrni hоsil qilingаnligini аniqlаshdаn ibоrаtdir.
Bu оrqаli o‘qituvchi o‘quvchilаrning o‘quv fаоliyatini o‘quvchilаr matematikаdаn o‘zlаshtirishi mаjburiy bo‘lgаn bilimlаr hаjmini o‘quv dаsturi bilаn sоlishtirаdi. shu hаjmni o‘zlаshtirish vа mustаqil mаsаlаlаr yеchishgа erishish uchun lоzim bo‘lgаn bilimlаr hоsil bo‘ldimi yoki yo‘qmi ekаnligini dоimо nаzоrаt qilib bоrаdi.
Маtеmаtikа o‘qitishdа o‘quvchilаrning misоl vа mаsаlаlаrni to‘g‘ri yеchgаnligini tеkshirish muhim аhаmiyatgа ega. shu nаrsа mа’lumki, mаshq аgаrdа o‘quvchi uning to‘g‘ri yеchilgаnligigа ishоnch hоsil qilsаginа o‘quv vа mаlаkаlаrni egallаsh mаnbаi bo‘lаdi. O‘qituvchining bа-yoni, dаrsliklаrni o‘qish yoki mustаqil umumlаshtirish оrqаli оlingаn o‘quvchilаr bilimidа yеtishmоvchilik, qоrоng‘u tоmоnlаri o‘qituvchi tоmоnidаn to‘ldirib bоrishni tаlаb qilаdi. shuning uchun o‘quvchilаr bilim vа mаlаkаsini tеkshirib turish judа hаm zаrur
1. Matematika darsiga qo‘yiladigan birinchi talab bu uning maqsadga tomon yo‘naltirilganligidir. Maqsadga tomon yo‘naltirilganlik deganda darsning maqsadida qo‘yilgan mavzu mazmunini tushuntirish orqali o‘quvchilaming mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish hamda ularni aqliy va ma’naviy tarbiyalashni tushunamiz. 2. Matematika darsiga qo‘yilgan ikkinchi talab bu dars va uning mazmunini ratsional taqsimlashdir. Dars va uning turlarini to‘qri taqsimlash hamda matematika darsida о’quvchi laming mavzu mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlari orqali matematik, umumintellektual va o‘quv faoliyatiga nisbatan bilim, ko‘nikma hamda tafakkur qilish faoliyatlari shakllanadi. 3. Matematika darsiga qo‘yilgan uchinchi talab bu darsni o‘tkazishdagi o‘quv, tarbiya metodi va vositalarini tanlashdan iboratdir. Matematika darslarida o‘quv, tarbiya usullarini tanlash katta ahamiyatga egadir. Matematika o‘qituvchisi mavzu mazmuniga qarab tushuntirish, ilmiy izlanish va xulosa chiqarish metodlaridan qaysilarini qo‘llansa o‘quvchilar mavzu mazmunini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini aniqlab olishi lozim, shundagina dars samarali bo‘ladi. 4. Matematika darsiga qo‘yilgan to‘rtinchi talab bu darsni o‘tkazishda o‘quvchilarning bilishga doir bo‘lgan faoliyatlarini shakllantirish uchun o‘quv jarayonini har xil usullarda tashkil qilishdir. o‘qituvchi darsda o‘tiladigan mavzu mazmuniga qarab o‘quvchilar faoliyatlarini oldindan belgilashi kerak bo‘ladi. Agar darsda yangi mavzu o‘tiladigan bo‘lsa, unda o‘qituvchining o‘zi mavzu mazmunini ma’raza yoki suhbat usullari orqali o‘quvchilarga tushuntiradi. Agar darsdagi mavzu avvalgi o‘tilgan mavzuga doir misol yoki masala yechish bo‘Isa, unda mustaqil ishlash yoki yakka tartibda topshiriqlar berish usullaridan foydalanish mumkin. Buning natijasida sinfdagi o‘quvchilar o‘zlarining intellektual qobiliyatlari orqali mavzu mazmunini u nazariy yoki amaliy xarakterda bo‘lishini yaxshi o‘zlashtiradilar. «Ijroni tekshirish» ning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi har qanday ish sohasida katta ahamiyatga ega bo‘lgani singari, o‘qitish ishlarida ham g‘oyat katta ahamiyatga egadir. U o‘qituvchiga o‘quvchilarda mas’uliyat tuyg‘usini tarbiyalashga, о’quvchilarning bilimlaridagi kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlab olishga, o‘z ishini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish ishi muntazam ravishda, ya’ni har kuni olib borilishi kerak. Dastavval yangi materialni bayon etgandan keyin uning qay darajada tushunilganligini tekshirib olish lozim. Darsning asosiy maqsadi o‘tiladigan mavzu mazmunini o‘quvchilarga tushuntirish ekanini, o‘quvchilar bilimni asosan darsda olishlari kerakligini esda tutib, o‘qituvchi o‘zining shu maqsadga erishgan yoki erishmaganligini har bit darsda o‘tilgan mavzu mazmunining asosiy yerlarini o‘quvchilardan so‘rash orqali tekshirib borishi zarur. O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini turli yo‘llar bilan tekshirish mumkin, ya’ni biron formulani chiqarish yoki biron teoremani isbotlashdagi asosiy mulohazalarni o‘quvchi tomonidan bajarish, ilgaridan tayyorlab qo‘yilgan mavzu mazmuniga doir savollarni o‘quvchilarga berish, olingan nazariy xulosalarni masala yoki misollar yechishga tatbiq qila olish qobiliyatlarini aniqlab bilishdan iboratdir. Bularning hammasi o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga va shu bilan birga o‘tilgan materialni mustahkamlashga yordam beradi. Yozma uy vazifalarining bajarilgan-bajarilmaganligini tekshirish ishi ko‘pincha sinfni «aylanib chiqib» o‘quvchilarning daftarlarini ko‘rish yo‘li bilan bajariladi. Bu yo‘l vazifaning bajarilganligini aniqlashga imkon beradi, ishning sifatini esa bu yo‘l bilan aniqlab olish qiyin. Uy vazifasini tekshirish uchun aylanma daftar tutish ijobiy natija beradi, chunki vazifasi tekshirilgan daftar o‘quvchiga berilganda ular daftardagi o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan baholarni va izohlarni ko‘rib, berilgan topshiriqlar bo‘yicha qanday bilimga ega ekanliklarini bilib oladilar. O‘qituvchi uy vazifalar natijasini reyting mezoni bo‘yicha ballar asosida baholashi shart. Bundan tashqari, doskaga ayrim o‘quvchilarni chiqarib, o‘tilgan mavzuga doir o‘qituvchi aytgan masala yoki misolning yechilishini so‘rash orqali ham aniqlanadi. Har bir masala yoki misolning yechilishini mufassal bir o‘quvchining o‘zi oxiriga yetkazishi shart emas. Berilgan vazifa yuzasidan eng muhim savollarni ilgaridan tayyorlab qo‘yib, tekshirishni ana shu reja bo‘yicha olib borish mumkin. Masala va misollarning yechilishini tekshirganda bir masalaning bir necha xil yechilish variantlarini aniqlash, hisoblashga doir misollarda esa qo‘llanilgan turlicha yechish usullarini ko‘rsatish va ular ichidan yechishning eng ma’qul usullarini aniqlab olish kerak. Har kuni hamma o‘quvchilarning daftarlarini tekshirib chiqish mumkin emas, ammo bu ishni hech bo‘lmaganda tanlab olish yo‘li bilan qilish kerak. Har bir darsning oxirida 8-10 o‘quvchining daftarini olish yo‘li bilan bir oyda har bir o‘quvchining daftarini kamida uch marta ko‘zdan kechirish kerak. Bu holda o‘quvchining ikki hafta davomida bajargan hamma ishlarini tekshirib chiqishga ulguriladi.

9-mavzu. Boshlang'ich sinfda matematika o'qitishni tashkil qilish shakllari. Boshlang'ich sinfda matematika darsining tuzilishi va dars tizimi.


Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.


Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bug`ini jamiyatdagi demokratik o`zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta`lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta`lim tizimi hisoblanadi. Ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`ringa ega.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da maktab ta`limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi" talablarida “ta`lim tarbiya jarayonini shakllantirish ta`lim mazmunini aniqlash, ta`lim tarbiya jarayonini amalga oshirishning didaktik qonuniyatlari va prinsiplarini ishlab chiqish, davlat ta`lim standartlarini takomillashtirish, o`quv dasturlari, darsliklrning yangi avlodi, o`quv metodik majmualar yaratish” vazifasini hal qilish takidlab o`tilgan.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, Shu bilan birga odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini tez topa olishi uchun bu soxada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lishi talab etiladi.
Boshlang`ich ta`lim metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o`yinlar mantiq ilmi va matematik nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o`yinlardan foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi)
2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim olish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak) ya`ni, o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak?
4.O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish)
5.Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish). [1]

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin