Namangan davlat pedaogika instituti pedagogika fakulteti


) I va II sinflar: III-IV sinflar



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə19/27
tarix24.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125804
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
2 Mirsaidova Tojixon

1) I va II sinflar: III-IV sinflar.
2) I-III va II-IV sinflar.
Ikki komplеktli maktabda bir o`qituvchi ikkita sinf bilan ishlaydi. Dеmak, o`quvchilar soni, tayyorligi, o`quv imkoniyatlarini hisobga olib birlashtirish ham mumkin.
Hozirgi paytda rеspublikamizda asosan bir komplеktli maktablar ko`pchilikni tashkil qiladi.
Oz komplеktli maktabda ishlash o`qituvchi va o`quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to`siqlar bilan bog`liq.
1. O`qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o`tishi kеrak. Oz komplеktli maktabda rеja tuzish ancha murakab, har kuni 8-16 ta rеja ustida ishlash qiyin va ko`p vaqt talab qilishi bilan, pеdagogik samara bеradigan bir butun qilib birlashtirish zarurligi bilan farq qiladi. Bularning hammasi o`qituvchidan tеgishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch-g`ayrat, uyushqoqlik, sabr va qat'iylik talab qiladi.
2. O`qituvchining bir nеcha sinfga diqqat e'tiborini taqsimlashi qiyin.
3. O`qituvchi butun sinf bilan darsning yarmi yoki qismi davomida shug`ullanishga, qolgan vaqtda o`quvchilar bilan mustaqil ishlashni tashkil qilishga to`g`ri kеladi.
4. O`quvchilar mustaqil ish bajarishayotganda, darhol o`qituvchidan yordam olish imkoniyati yo`q, chunki bu vaqtda o`qituvchi boshqa sinf bilan band bo`ladi.
5. O`quvchilar, boshqa sinf o`quvchilariga xalaqit bеrishlariga qaramasdan, mustaqil ishlavеrishi kеrak.
Bu qiyinchiliklar bilan bir qatorda oz komplеktli maktab o`quvchilari uchun bir qator afzalliklar ham mavjud:
1. Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5).
Bu o`qituvchiga tеz – tеz so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini bеradi.
2. Oz komplеktli maktab o`qituvchisi daftar tеkshirishga oz vaqt sarflaydi.
3. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tеkshirish malakalari tarbiyalanadi.
4. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam bеrishlari mumkin, chunki ular har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi.
To`g`ri tuzilgan dars jadvali o`quv – tarbiya ishi uchun optimal sharoit yaratishda katta ahamiyatga ega. Ilg`or o`qituvchilar tajribalari shuni ko`rsatadiki, hamma sinflarda bir vaqtda matеmatika darsi bo`ladigan qilib tuzilgan dars jadvali maqsadga muvofiq bo`lar ekan; Bu boshqacha jadval tuzishni istisno qilmaydi.
Kеyingi vaqtlarda hamma boshlang`ich sinflar prеdmеtlarini ikki guruhga bo`lish ko`p uchramoqda. Bunda prеdmеtlar guruhlarga kiritish uchun shu prеdmеtlarning mustaqil ish uchun imkoniyatlari mеzoni bo`lib hisoblanadi.
1- guruhga matеmatika, grammatika, mеhnat, tasviriy san'at kiradi, chunki bu prеdmеtlarda qolganlariga nisbatan mustaqil ish uchun imkoniyatlari kattadir.
Hamma sinflarda matеmatika darslarining kombinatsiyalari sеrmahsulroqdir. Bunda birinchi sinfdan ikkinchi sinfga o`tishda o`z diqqat – e'tiborini o’tkazish oson, bir jinsli material mustaqil ishlar vaqtida o’quvchilar e’tiborini kamroq tortadi. Bundan tashqari, hamma sinf o`quvchilari uchun umumiy ish tashkil qilishga sharoit yaratiladi Masalan: og`zaki mashqlar o`tkazish vaqtida doskada yozilgan sonlarni bir nеcha birlik orttirish (I sinf), bir nеcha marta orttirish (II sinf), 10, 100, 1000 ga ko`paytirish III sinf), 2 xonali songa ko`paytirish (IV sinf) taklif qilinadi. O`lchashlar o`tkazishda bеriladigan topshiriqlar bir xil bo`lib, har qaysi o`quvchida mavjud bo`lgan to’g’ri to’rtburchak burchak bo`yi va enini o`lchashdan iborat bo`lishi mumkin.
to’g’ri to’rtburchak burchakning eni bo`yidan nеcha sm qisqa (I sinf).
II sinf o`quvchilari – uning pеrimеtrini topadi.
III sinf – yuzasini topadi.
IV sinf – bеrilgan yuza va tomonlaridan biri bo`yicha to’g’ri to’rtburchak burchakning tomonini topadilar.
Ayrim maktablarda dars jadvali tuzish quyidagicha amalga oshiriladi:
1-yarim yilda 1-2 darslar faqat 1- sinflarda bo’ladi.
Buning uchun bir kunda 6 soat dars o`tish kеrak, vaqtni ham 30 minutgacha qisqartirish kеrak.
Masalan: dushunba:
Ko`rinib turibdiki, 1- ikkita dars I sinfda, 3-4 darslar tig`iz. 4- darsdan kеyin 1- sinflarga javob bеriladi.

26-mavzu. O'zbekistonda oz komplektli maktablarning mavjudlik holati.


Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joy- larda kichik va aholi yashaydigan uzoq punktlar mavjud bo'lib, bu joylarga bir sinfga belgilangan me’yordan anchagina kam bo'lgan 7 yoshli bolalar bo'Iganda oz komplektli maktablar ochiladi.Bu shun­day maktabki, unda bir o'qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ish- laydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o'quvchi bo'lishi mum­kin. Bir o'qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir komplektli maktab deyiladi.
Ikkita o'qituvchi, uchta (ba’zan to'rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktab- larda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2-sinflami bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o‘qituvchisi ish- laydi), 1- va 3-sinflami, 2- va 4-sinflami bir komplektga birlashti- rishning mos variantlari tanlanadi.
Oz komplektli maktablarda ishlash 0‘qituvchi va o'quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to'siqlar bilan bog'liq:
1. O'qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o'tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo'yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashga qaraganda ko'p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo'lmay, balki bularni o'zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ulami bir butun birlashtirish za- rurligi bilan ham qiyindir. Bulaming hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlami bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi.
2. O'quvchilaming bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.
3. O'qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug'ullanishga, darsning qolgan vaqtida o'quvchilar mustaqil ishlashiga to'g'ri keladi.
4. O'quvchilar mustaqil ish bajarayotgan vaqtda o'qituvchi boshqa sinf bilan band bo'ladi.
5. Bir sinf o'quvchilari, ayni vaqtda o'qituvchi rahbarligida ish- layotgan boshqa sinf o'quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak.
Shunga qaramay oz komplektli maktab o'quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud:
1. Sinf o'quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2-3 ta o'quvchi). Bu o'qituvchiga tez-tez so'rab turish, o'quvchilar bilimlaridagi kam- chilliklarni topish va ulami tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktablarda o'quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o'quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson aniqlaydi.
3. Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko'ra o'quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to'g'ri keladi. Buning o'quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklami bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
4. Yuqori sinf o‘quvchilari quyi sinf o‘quvchilariga yordam ber- ishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga boMishadi.
Darslami rejalashtirish ham oz komplektli maktablarda ish tash­kil qilishni aniqlab beruvchi omillardan biridir. Bu rejalashtirish esa har xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni ta’minlashdan ibo­rat.
O'qituvchi uchun eng og'ir soatlar 3 chi va 4 chi soatlardir.
O'z komplektli maktablarda o'quv ishini rejalashtirish tegishli metodik qo'llanmalar orqali o'qituvchilarga yetkazilmoqda.
Uch sinfda bir vaqtda o'tkaziladigan bir predmetli (matematika) darsining taxminiy rejasini keltiramiz: 1-sinfda «sondan yig'indini ayirish» (mustahkamlash); 2-sinfda «21 dan 100 gacha bo'lgan son­lami og'zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish), 3-sinfda «1000 ichida og'zaki raqamlash» (ya’ni tushuncha berish). (L.Sh. Leven- berg va boshqalar. «Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish me­todikasi»).
Hamma narsadan oldin oz komplektli maktablarda sinf doskasi o'lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan, bir necha topshiriq material­lari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to'laroq bayon qilinadi. Chunki, o'quvchilar ulardan o'qituvchining tushuntirishlar- isiz foydalanishlari kerak. Oz komplektli maktablar ish tajribasida bu maqsadlarda qo'shimcha yengil ko'chma, osma (yoki tagliklarga o'matilgan) doskalar, uzaytirilgan sinf doskalaridan (tortib turiladi­gan pardalar bilan taminlangan), olib qo'yiladigan (ochiladigan qopqoqli) maxsus doskalardan foydalaniladi.
Oz komplektli maktabda o'quvchilami o'qitishda har xil jadval- lar ham muhim rol o'ynaydi. Bunda, asosan, umumiy ta’lim maktab- lari uchun mo'ljallangan jadvallaming o'zidan foydalanish mumkin.
Oz komplektli maktablar uchun ma’lumotlari o'zgartiriladigan jadvallaming ahamiyati, ayniqsa, katta. Masalan, sodda masalalam- ing (murakkab masalalaming) qisqa yozuvlari namunalarini o'z ichiga oladigan jadvallami cho'ntakli qilib tayyorlash maqsadga mu- vofiq, bu cho'ntaklar son ma’lumotlami unga teskari masala bilan almashtirish natijasida maqsadni amalga oshirish imkonini beradi.
Oz komplektli maktabda algoritmik jadvallarga, ya’ni algoritmik qoidalami o'z ichiga olgan jadvallarga katta o'rin berish kerak.
Tarqatma-didaktik materiallardan foydalanish ham mustaqil ish­lami muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi. Ko'pchilik hollarda bu- lar topshiriqli kartochkalardan iborat bo'ladi.

Oz komplektli maktablar barcha maktablar uchun belgilangan dasturlar bo'yicha ishlaydigan va asosan boshqa maktablarga o‘xshash usullardan foydalanadilar, lekin bu yerda darsning tashkil etilishida muhim farqlar bor. Oz komplektli maktabda bolalami o'qitish va tarbiyalash o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi.



Ikkita sinf bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlami rejalashtirishda o'qituvchi quyidagi masalalami hal etishi kerak:
1) o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladigan mashg'ulot vaqtini rat- sional taqsimlash;
2) o'quvchilaming mustaqil shug'ullanishlarini to'g'ri tashkil etish;
3) mustaqil ishlami qachon va qanday tekshirishni oldindan to'g'ri rejalashtirish;
4) bir sinfdan ikkinchisiga o'tishni qanday amalga oshirishni hal etish.
Bu masalalami hal etish uchun o'qituvchi dars jadvalida mate­matika darsining o'mini, darsning turini belgilab olishi, darsning minutlar bo'yicha taqsimlangan puxta va aniq rejasini tuzib olishi lozim.
Dars jadvalida matematika, odatda, birinchi yoki ikkinchi soatga qo'yiladi. Matematika darsini boshqa sinfdagi xuddi shu dars bilan birgalikda bo'lishi eng maqbuldir.
Oz komplektli maktablarda darsning mazmuni va turiga qarab mashg'ulotlami birgalikda olib borishning ushbu to'rt turi farq qili- nadi:
a) barcha sinflarda yangi material o'rganiladi;
b) bir sinfda yangi material o'rganiladi, ikkinchi sinfda esa mashqlar bajariladi;
c) ikkala sinfda malakalami mustahkamlash va rivojlantirish darsi o'tkaziladi;
d) ikkala sinfda amaliy ishlar yoki ekskursiya o'tkaziladi.

27-mavzu. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari
1.Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti. 2.Savod o‗rgatish metodikasining maqsad va vazifalari 3. Metodika fani masalalari. 4. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani bo‗limlari. 5.Boshlang‗ich ta‘limda Davlat ta‘lim standartlari Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fanining predmeti o‗quvchilarga o‗zbek tilini o‗rgatish yollari va vositalari, ona tilini egallash, ya‘ni nutqni, o‗qish va yozishni, grammatika va imloni o‗zlashtirib olish to‗g‗risidagi ilmdir. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o‗qitishning asosiy maqsadi – o‗z fikrini og‗zaki va yozma tarzda to‗g‗ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‗zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat. Umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarida ona tili fani ni o‗qitish-ning asosiy vazifasi: o‗quvchi shaxsini fikrlashga, o‗zgalar fikrini anglashga, o‗z fikrini og‗zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish; o‗quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‗zning tarkibi, so‗z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllan-tirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‗g‗ri va ravon bayon eta olish ko‗nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat 11 . Umumiy o‗rta ta‘limning boshlang‗ich sinflarda o‘qish fani o‗quvchilarni ongli, to‗g‗ri va ifodali o‗qishga o‗rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. O‗quvchilarni har tomonlama rivojlan-tirishga xizmat qiladi 22 . Metodika maktab oldiga qo‗yilgan ta‘lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o‗rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta‘lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta‘lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi. Metodika fani quyidagi masalalarni o‗rganadi: 1. O‗qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimani o‘qitish kerak? sawoliga javob beradi, ya‘ni boshlang‗ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta‘lim mazmunini belgilab beradi, o‗quvchilar uchun darsliklar va qo‗lanmalar yaratib, ularni takomil-lashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi. 2. O‗qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‗quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya‘ni „Qanday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi. 3. O‗quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‗nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya‘ni „Nega xuddi mana shunday o‘qitish kerak?" savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o‗rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‗qitish metodikasining dast-labki bosqichi bo‗lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‗ich sinf o‗quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‗rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasining o‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‗ich sinflarda ona tilini o‗qitish grammatika, imlo va unga bog‗liq holda nutq o‗stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o‗rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‗qish metodikalarini ham o‗z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi: 1 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 18-bet 2 Umumiy o'rta ta'limning boshlang‘ich ta‘limdan davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturi. Respublika ta‘lim markazi – T.: 2017. 87-bet. a) boshlang‗ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, ya‘ni kursning (xat-savod o‗rgatish, o‗qish, grammatika, imlo, nutq o‗stirish va h.k.) dasturini belgilash va asoslash; b) o‗qish va yozuvdan bilim va ko‗nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda bu jarayonda o‗quvchilar duch keladigan qiyin-chiliklarni o‗rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to‗g‗rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; d) ona tilidan beriladigan o‗quv materialini o‗quvchilar aniq tushunishi va puxta o‗zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‗quvchilarning umumiy taraq-qiyotiga, ya‘ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‗ylashini, nutqini o‗stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish; e) ona tilini o‗rgatish bilan bog‗liq holda maktablar oldiga qo‗yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o‗quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o‗qitish metodikasi ta‘limning turli bosqichlarida o‗quvchilarning bilim, ko‗nikma va malakalarini aniqlaydi, o‗qish-ning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi. Ona tili metodikasi ta‘lim tizimining barcha bosqichlirida ona tilini o‗qitishning izchillik va uzluksizligini ta‘minlaydi. Maktab-gacha ta‘lim muassasasida asosan, bolalarning nutqini o‗stirish nazarda tutiladi. Boshlang‗ich sinfda o‗quvchilar nutqini o‗stirish-dan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o‗zlashtirishlari ham nazarda tutiladi. Boshlang‗ich sinflarda ona tili o‗qitish metodikasi fani quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 1. Savod o‘rgatish metodikasi.Ya‘ni elementar o‗qish va yozishga o‗rgatish. Bolalarga savod o‗rgatish pedagogika fanida-gina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki, xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. 2. Husnixat metodikasi. Boshqa fanlar kabi husnixat o‗qitish metodikasining ham o‗z predmeti bor. Husnixat o‗qitish metodika-sining o‗rgatish predmeti ta‘lim berish sharoitida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‗g‗ri, chiroyli yozishga o‗rgatish jarayoni hisoblanadi. 3. O‘qish metodikasi. Boshlang‗ich sinflarda o‗qish pred-metining vazifasi bolalarni to‗g‗ri, tez (me‘yorida), ongli va ifodali o‗qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi. 4. Grammatika, fonetika, so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‗lim unsurar to‗g‗ri yozuvga va husnixatga o‗rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang‗ich imlo malaka-larini shakllantirishni nazarda tutadi. 5. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‗lim boshlang‗ich sinflarda alohida o‗rin tutadi. Bolalar birinchi navbatda tilni, nutqni o‗quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‗ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar.

28-mavzu. Ona tili o'qitish tamoyillari. ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqadorligi.



Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin