«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining didaktika bilan aloqasi. Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari bor. Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy didaktika urganadi.
Umumiy didaktika ukituvchi va ukuvchi faoliyatining o‘zaro ta’sirini o‘rganadi, va u barcha o‘quv fanlari uchun aloqadordir. «Ona tili o‘qitish metodikasi» umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilganlarni oydinlashtiradi: ya’ni umumiy didaktikadan o‘rganilgan ta’lim maqsadi qonuniyatlari, tamoyillari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarning ona tilini o‘qitish jarayonida voqealanishini aniqlaydi.
Modomiki, shunday ekan. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani didaktikasiga tayanib ish ko‘radi. Chunonchi, ona tili o‘qitish tamoyillari yoki metodlari xususida fikr yuritilar ekan, avvalo umumdidaktik prinsiplar va meodlar, keyin xususiy prinsiplar va metodlarga to‘xtalishga to‘g‘ri keladi.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. Ta’limni tashkil etish, o‘qitish bola psixologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. Bu aloqadorlik avvalo o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘rganilgan til hodisalarini qiyoslash yoki ularni o‘xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish ko‘rishi lozim.
Akademik Pavlovning assosatsiyasi (aloqa bog‘lanish) haqidagi ta’limoti ona tili ta’limida muhim o‘rin egallaydi. Agar til hodisalari orasidagi aloqadorlikka asoslanilmasa, o‘quvchi tilni bir butun sistema sifatida qabul qila olmaydi.
29-mavzu. Ona tilini o'qitishning maqsadi va vazifalari.
Mustaqillik sharofati bilan ta’lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq yosh avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratildi. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta’lim standartlari”ning joriy qilinishi ushbu jarayonlardagi eng muhim bosqich sifatida xarakterlanadi. Bu hujjatlarda ona tili ta’limi oldiga ham qator talablar qo’yildi. Shu asosda ona tili dastur va darsliklari ham yangilandi. Yangilangan ona tili darsliklarining ikki avlodi nashr qilindi va o’qitishga joriy etildi. Ona tili o’qitishga bo’lgan qarashlar, talablar o’zgardi. Darsliklar ana shu talablar asosida tuzildi.
Ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida boy tajriba to’plagan bo’lsa-da, bu fanning o’qitilishi bilan bog’liq bir qator muammolar ham yuzaga keldi. Buning sababi shundaki, ta’lim jarayoniga bir qator zamonaviy texnologiyalar kirib keldi va kirib kelmoqda, umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darsliklari yangilandi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar yaratildi. Bular bilan bog’liq qarashlar va tahlillar, uslubiy ko’rsatmalar o’zbek tili o’qitish metodikasining o’rganish obyektiga aylanishi kerak. Shu ma’noda bu fanning mazmunini quydagicha belgilash mumkin: ona tili ta’limining izchil tizimini ishlab chiqish, ona tili darslarini tashkil etishiga oid metodik tavsiyalarni tanlash va amaliyotga joriy etish, shu bilan birga metodika sohasining zamonaviy pedagogik texnologiyalar, til o’rgatishning interfaol metodlarini o’zida aks ettirgan ilmiy asoslarini ishlab chiqishdir. Bu fan egallangan bilimlarni pedagogik amalyotga joriy etish, ilg’or pedagogik texnologiyadan unumli foydalanishga yo’naltirilgan. O’zbek tili o’qitish metodikasi ijodiy tafakkur sohibini shakllantirishning didaktik asoslarini o’rganadi. Ona tili o’qitish metodikasi fani yosh avlodga ona tilidan nimani?, qancha?, qanday? o’rgatish kerak degan savollarga javob beradi.
Til o’qitish metodikasini o’rganish turli ta’lim bosqichlariga mos, qulay metodlarni izlash, tanlash, amaliyotda qo’llay bilishdir.
O’zbek tili o’qitish metodikasining asosiy maqsadi til imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq, o’rinli va unumli foydalanish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy – ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, o’quvchilarda milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish va talaba shaxsini ma’naviy boyitishdan iborat.
Til o’qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarni erkin, ijodiy, mustaqil fikrlarini og’zaki va yozma shaklda, adabiy til meyorlari asosida to’g’ri ifodalay oladigan, bir ma’noni turli holatlarda berish ko’nikmasi shakllangan yetuk murabbiylarni tarbiyalab yetkazishdir.
O’zbek tili o’qitish metodikasi fani o’zining nazariy asoslariga va ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Bular quyidagilar: 1.Kuzatish. Tilshunos va metodist olimlar ilmiy anjumanlarda, vaqtli matbuotlarda, berib borilayotgan uslubiy maqolalarni, pedagogik o’qishlarda o’qilayotgan ma’ruzalarni o’qib va eshitib, kuzatib boradilar, zamonaviy dars namunalarini kuzatib, ulardan tegishli xulosalar chiqaradilar. Bu usul orqali ona tili o’qitish bilan bog’liq muammolar o’rgatiladi, yangicha qarashlar va metodlar aniqlanadi.
2.Tajriba o’tkazish. Metodist – olimlar o’z ilmiy tadqiqotlari yuzasidan erishilgan natijalar haqida ilmiy anjumanlarda o’rtoqlashadilar, o’zlari ilgari surayotgan, qo’llamoqchi bo’lgan metodlarini asosli va ishonchli mezonlar asosida ma’lum maktab yoki akademik litseylarda tajribadan o’tkazadilar. Natijalarni tahlil qiladilar. Bu usul tavsiya qilinayotgan ilmiy va uslubiy farazlarning ishonchliligini, asosli ekanligini isbotlashga zamin yaratadi.
3.Test o’tkazish. Bu usul orqali o’quvchilarning nazariy bilimlari, ko’nikma va malakalari o’rganiladi. Test savollari o’tkazish o’quvchi va talabalarning bilimi, egallagan amaliy ko’nikmalari haqida umumlashgan xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.
4.Anketa va savol varaqalari tarqatish. Bu usul orqali o’qituvchi va o’quvchilarning fanga bo’lgan munosabati, qiziqishlari va istaklari o’rganiladi.
5.Metodik merosni o’rgatish. Ona tilini o’qitish tarixi qadimgi davrlarga borib taqalsa-da, uni o’qitish metodikasi uzoq tarixga ega emas. O’tmishda yashab ijod etgan Al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Navoiy kabi ijodkorlar asarlarida ta’lim-tarbiya bilan, o’qitish bilan bog’liq fikrlar mavjud bo’lsa-da, aynan ona tilini qay usulda o’qitish bilan bog’liq fikrlar uchramaydi. Al-Xorazmiyning “Sezish orqali bilish bu qisman bilish bo’lsa, mantiqiy bilish bu haqiqatdir”, Abu Nasr Forobiyning “Bilim, ma’rifat, yaxshi axloq bilan bilimdon, ma’rifatli, yetuk, mukammal inson yetishadi. Buning uchun ta’lim - tarbiya o’qituvchi tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, boshqarilishi va ma’lum maqsadlarga yo’naltirilishi lozim” degan fikrlari o’zbek tili o’qitish metodikasida ham bosh mezon vazifasini o’taydi.
XX asr boshlariga kelib an’anaviy o’qitish usullari yoniga Yevropacha o’qitish usullari ham kelib qo’shildi. Mahalliy ziyolilardan Fitrat, Munavvar qori, Hamza, A.Avloniy, Qori Niyozov, Qayum Ramazon, Murod Shams, Majid Qodiriy kabilar darslik va qo’llanmalar yaratishda faol ishtirok etdilar. 1940-yillarda S.A.Fvesaloniskiyning “Ona tili o’qitish metodikasi” qo’llanmasi bosilib chiqdi. Qo’llanmada nutq o’stirish va insho masalalariga keng o’rin berilgan, morfologiya va sintaksis o’qitish metodikasiga alohida e’tibor berilmagan. 40–yillardan boshlab o’zbek olimlari til o’qitish muammolari bilan bog’liq tadqiqot ishlari olib bora boshladilar. 1944 yilda M.Shams “Orfografiya o’qitish metodikasi”, K.Xayrullayev “Tipik orfografik xatolar va ularni bartaraf etish” mavzusidagi tadqiqotlarni amalga oshirishdi.
M.Shams 1950-yilda “O’zbek tili o’qitish metodikasi” qo’llanmasini nashr ettirdi. 1952- yilda esa “O’zbek tili o’qitish metodikasi”ning 1-qismi F.Kamol tahriri ostida nashrdan chiqdi. 1960-yilda H.Rustamovning “Sintaksis va punktuatsiya o’qitish metodikasi”, 1963-yilda N.Abdurahmonovning “O’zbek tili o’qitish metodikasi” kitoblari nashr ettirildi. 1975-yilga kelib esa ancha mukammal darslik Y.G’ulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedovlar tomonidan yaratildi. Bu darslik ham “O’zbek tili o’qitish metodikasi” deb nomlanadi. Ushbu darslik hozirgi davrgacha amalda qo’llanib kelindi. 1960-80-yillar davomida metodika bo’yicha ishlar ko’lami ko’paydi. Hozirgi davrda ham ona tili o’qitish metodikasi bo’yicha ilmiy – tadqiqotlar keng olib borilyapti.
30-mavzu. Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo'yiladigan talablar.
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kеlajagi uchun g’oyat muhim bo’lgan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasini o’z oldimizga qo’yar ekanmiz, avvalombor, biz yashayotgan XXI asr – intеllеktual boylik, yuksak bilim va salohiyat talab etiladigan, aynan shu qadriyatlar ustuvor ahamiyat kasb etadigan asr dеgan hayotiy haqiqatdan kеlib chiqqan edik.
Albatta, hozirgi kunda taraqqiyot yo’lidan izchil rivojlanib borishimizda, ezgu niyatlarimizni ro’yobga chiqarishda hal qiluvchi rol o’ynaydigan muhim bir mеzon borki, u ham bo’lsa, inson kapitali, ya'ni inson omili, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir bo’lgan, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kеlayotgan yoshlarimizdir.2
Darhaqiqat, muhtaram prеzidеntimiz kеlajagimiz bo’lmish yoshlarga katta umid bilan qaraydi, kеlajakda O’zbеkiston dovrug’ini yanada oshirishlariga ishonadi. Davlatimiz va hukumatimizning yoshlarga ko’rsatayotgan bunday g’amxo’rliklari, albatta, muhtaram prеzidеntimizning rahnamoligida va u kishining
tashabbuslari asosida amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tamonidan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Ma'lumki, Davlat ta'lim standarti ta'lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini bеlgilaydi. Ta'lim mazmunining o’zagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat ko’rsatayotgan turli
muassasalarda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. Davlat ta'lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa mе'yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta'limning standarti o’zining tuzilishi va mazmuniga ko’ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi,
hamda eng asosiysi o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustivorligidan kеlib chiqadi.
Davlat ta'lim standartini bajarish O’zbеkiston Rеspublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shakli va irodaviy bo’ysunishidan qat'iy nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standartini ishlab chiqish va joriy etish asoslari.
Umumiy o’rta ta'lim davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqishda quyidagi mе'yoriy hujjatlar asos qilib olindi:
“Ta'lim to’g’risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” gi O’zbеkiston Rеspublikasining qonunlari;
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bog’liq farmonlari, farmoyishlari va asarlari.;
O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta'lim tizimi uchun davlat ta'lim tizimi standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida” 1998- yil 5- yanvardagi 5-son hamda “O’zbеkiston Rеspublikasida umumiy o’rta ta'limni tashkil etish to’g’risida” 1998- yil 13- maydagi 203-son qarorlari;
Umumiy o’rta ta'limning davlat ta'lim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqiladi.
Davlat ta'lim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
O’quv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan tеxnika rivojlanishi bilan bog’liqligi;
Umumiy o’rta ta'limning boshqa ta'lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta'lim mazmunining uzviyligi;
Umumiy o’rta ta'lim mazmunining insonparvarligi;
Ta'lim mazmunining rеspublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
Umumiy o’rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsion tеxnologiyalariga tayanish;
Pеdagogik tafakkurda qaror topgan an'anaviy qarashlar bilan “Ta'lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
Umumiy o’rta ta'lim davlat ta'lim standartining o’quv rеjasi – Umumiy o’rta ta'lim maktablari uchun tayanch o’quv rеjasi davlat ta'lim standartining tarkibiy qismi bo’lib, u ta'lim sohalarini mе'yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta'minotini bеlgilashga asos bo’ladigan davlat hujjatidir. Tayanch o’quv rеjasi o’quv prеdmеti bo’yicha bеriladigan ta'lim mazmunini o’quvchiga еtkazib, ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir soatda muayyan o’quv prеdmеti bo’yicha davlat ta'lim standartiga muvofiq bеriladigan ta'lim mazmunini aniqlashga asos bo’ladi.
Bizning bitiruv malakaviy ishimiz “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlangan. Ushbu mavzuga oid nomzodlik va doktorlik ishlari tayyorlangan. Biroq mustahkam bilim olishda, ona tili grammatikasini mukammal egallashda qo’shimcha mashqlardan foydalanib borishining ahamiyati beqiyosligini hisobga olib, biz bugun o’z bitiruv malakaviy ishimizni “Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish”ga bag’ishlab, bu mavzuga yana qaytishni o’z oldimizga maqsad qilib oldik.
31-mavzu. Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarininq turlari.
O'zbekiston Respublikasi “Davlat tili to'g'risida”gi, “Talim to'g'risida”gi qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “2004-2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ga muvofiq boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitish oldiga yangi-yangi vazifalar qo'yilmoqda.
Ona tili — har bir elatning , xalqning , millatning oʻz tili. Ona tili lugʻat tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va anʼanalarini ifodalaydigan soʻz va tushunchalardan iborat boʻladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq[1].
Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi[2].
Ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarni ona tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi:
1. O'qish texnikasi
2. O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerak. Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini o'qitishning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi:
1. O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2. O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va yozma ifodalay olish;
3. Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish, so'zlardan o'rinli foydalanish;
4. Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular jumlasidandir.
Shuningdek boshlang'ich sinf ona tili ta'limi o'quvchilarga nutq faoliyatining asosiy turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal etishni ko'zda tutadi.
Bolalarda ahloqiy va estetik tasavvurlarni shakllantirish;
Bolalarga atrof- muhit, kishilar, tabiat va jamiyat haqida tushuncha berish;
Nafosat hissini tarbiyalash;
Mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatish;
O'quv mashg'ulotlariga, bilim manbai bo'lgan kitobga qiziqish uyg'otish.
Ona tili o'qitishning mazmuni va metodlari o'quvchilarga dastur ta'lab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko'nikma va malaka hosil qilishga ko'maklashish lozim.
Mazkur maqsad va vazifalarni to'laqonli bajarish uchun o'qituvchi faqat dars bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Darsdan tashqari paytlarda ham muntazam ish olib borishi yaxshi natija beradi.
Tilni o'rganishga doir kechalar, to'garaklar, maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan qo'shimcha darslar, sinfdagi iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash kabilardan foydalanish kerak.
O'quvchilarga til ta'limini singdirishda ularning yosh va bilim darajalarini ham hisobga olish zarur. Chunki 2-sinf o'quvchisiga 4-sinf hajmdagi bilimni berilsa o'quvchi buni hazm qila olmaydi, o'zlashtiraolmaydi ham. Aksincha 4-sinf o'quvchisiga 1-2-sinfdagi bilimlar berish bilan cheklanib qolinsa bu ham o'quvchi uchun zerikarli bo'ladi. Natijada o'quvchilarda tilni o'rganishga bo'lgan havas, qiziqish rivojlanish o'rniga susayadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchisi DTS larida berilgan me'yoriy majburiy ta'lablarni bilishlari kerak. 1-4-sinflarda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko'rsatgich: 15-20 so'zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
a) imlo xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: Lug'at diktant, izohli diktant, nazorat diktanti.
Miqdoriy ko'rsatgich: 2-3 gapdan iborat sodda matnni (fikr ehtiyoji bilan bog'liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarni mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashish;
b) harf va tinish belgilarini to'g'ri yozish;
d) harflarni bir-biridan uzmay yoza olish;
e) so'zlar orasidagi oraliqni to'g'ri belgilash;
Matnni xarakteri: O'quvchiga tanish bo'lgan va ko'z oldiga keltira oladigan buyum, manzara, voqea–hodisalar tasviri.
2-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko'rsatgich: 35-40 so'zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
a) imlo xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: lug'at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti.
Miqdoriy ko'rsatgich: 3-4 gapdan iborat bo'lgan kichik va sodda matn (Fikr ehtiyoji bilan bog'liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;
b) harflar va tinish belgilarini to'g'ri yozish;
d) so'z va gaplarni to'g'ri yozib, tinish belgilarini o'z o'rniga qo'ya olish.
Matnning xarakteri:
Rasm, manzara, joy, voqia-hodisalar tasviri, o'quvchiga tanish bo'lgan narsa, buyum tasviri.
3-sinf. Diktant turlari: saylanma diktant, lug'at diktanti, ta’kidiy diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko'rsatish diktant.
Miqdoriy ko'rsatgich: 4-5 gapdan iborat bo'lgan matn (fikr ehtiyoji bilan bog'liq mavzu asosida) yaratish
Talablar:
a) matndagi gaplarni mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, ko'rsatilgan mavzu doirasiga birlashish;
b) so'z va iboralarni to'g'ri yozish, gap oxiriga kerakli tinish belgisini qo'ya olish;
d) tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;
e) matnda so'zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo'llay olish.
Matnning xarakteri:
Manzara. O'quvchi ko'z oldida sodir bo'lgan voqea-hodisa tasviri.
32-mavzu. Til ta'limida innovatsion pedagogik texnoloqiyalar.
Dostları ilə paylaş: |