Namangan davlat pedaogika instituti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,65 Mb.
səhifə24/27
tarix24.04.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#125804
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
2 Mirsaidova Tojixon

Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi.
Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
Sub’ektiv yangilik ma'lum ob’ekt uchun ob’ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi.
Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o’qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi.

33-mavzu. Ona tili darslarida qo'llaniladigan metodlar


Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib kelindi. Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan hołda 3-5 daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi. Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi. Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish metodi sifatida qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metod “Tovush va harf” mavzusini o’rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, “So’z ma’nosi”, “Nutq va gap” mavzularini o’rganishda ham qo’llanadi. Masalan, “So’z ma’nosi” mavzusini o’rganish uchun xat taxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi. So’zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o’qidi, yashil, binokor, o’nta, o’qituvchi, sakkiz. O’quvchilar bilan quyidagicha savol-javob tashkil qilinadi: So’zlarni o’qing. - Birinchi so’z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi? - Bu so’zga qanday so’roq beramiz? Ikkinchi so’z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi? - Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz? - Qaysi so’zlar sanoqni bildiryapti? - Bu so’zlarga qaysi so’roqni beramiz? Qaysi so’zlar rangni bildiryapti?
- Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz? So’zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir ustun qilib yozing. - Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so’zlarni topib yozing. - Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va hokazo. O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’lgach, muammoli savol o’rtaga tashlanadi: Yuqoridagi so’zlar nimasiga ko’ra farqlanyapti? O’quvchilar “ma’nosiga ko’ra” degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu muammoni hal qiladi: Bu so’zlar ma’nosiga ko’ra va so’roqlariga ko’ra farq qiladi. O’ylang, so’zlarni qaysi xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratamiz? So’zlarni nechta guruhga ajratish mumkin? Savol-javoblardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o’quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma’lumotlarni egallab bormoqdalar. 3-4-sinflarga o’tganda bunday suhbatlar oxirida o’quvchilarning o’zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o’quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o’quvchilar charchab qoladilar, o’zlashtirish darajasi ham susayadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi. O’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida txnjarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sintdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda “Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring “Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, “Rasmni kuzating” Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda “O’lkamda bahor" mavzusida sujetli rasm berilgan. O’quvchilar rasmni kuzatib narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o’quvchi 5 ta, ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog’, osmon, bulut, qor, terak, tol, o’rik, ko’ylak shirt, tufli, lenta, soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’l, oyoq, quloq, burun, yuz, og’iz, barmoq, bo’yin, qorin, yubka, jemper daraxt va hokazo. Bu o’quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga yatuvchanlikka o’rgatadi. Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz - tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda namoyon bo’lishdir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo’ladi. Analiz-sintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi. Induksiya metodida o’quvchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida - ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o’qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog’liq. Yo’l-yo’lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o’quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So’nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo’yicha yutuqlar qo’lga kiritildi

34-mavzu. Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar.


O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egallashi jahonning turli rivojlangan mamlakatlari bilan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy ta’lim sohihasida o‘zaro hamkorlikni o‘rnatishi katta yutuqlarga olib keldi. Mustaqillikdan keyin o‘tgan qisqa davr ichida ta'lim tizimida juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi, olamshumul kashfiyotlar va yutuqlarga ega bo‘ldik. Ma’lumki, fan va ta'lim doimo birlikda va o‘zgarishda rivojlanadi. Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning tajribasini chuqur o‘rgangan holda zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida o‘qitish masalalariga hukumatimiz tomonidan berilayotgan e'tibor juda katta bo‘lmoqda. Innovatsion va pedagogik texnologiyalarning mamlakatimiz ta'lim sohasiga kirib kelishi - bu ta'limda tub burulish davri bo‘ldi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Innovatsion texologiya va metodlar bu o‘quv jarayonida asosiy boshqaruvchi - o‘qituvchi, boshqariluvchi - o‘quvchifaoliyati birgalkda yo‘naltiriladi va bu jarayonda o‘qituvchidan ham o‘quvchidan ham mustaqillik va ijodkorlik sifatlarini talab etadi.
Hozirgi kunda ta'lim tizimida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiya va metodlar o‘quvchilarning yuksak bilim cho‘qqilarini egallab, ularni fikrlashga, o‘z shaxsiy va mustaqil qarashlarga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Har bir o‘qituvchi dars o‘tishdan oldin darsda qo‘llaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning har bir elementigacha puxta o‘rganishi va tadqiq qilishi lozim. Pedagog - ya'ni bola yetaklovchi, bolaga faqat tayyor fikr bermasligi kerak balki uning fikrini kengaytirishi, olamni o‘rganishga imkon beruvchi vositalarni topa bilishga o‘rgatishi zarur. Biz bir necha zamonlar an'anabiy uslubda ish olib bordik. To‘g‘ri, bu tizimda ham bolalarga billim berildi, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari shakllantirildi. O‘qituvchi ham o‘quvchi ham bir qobiqda harakat qildi, buni qoliplangan tizim desak ham bo‘ladi, har ikkalasida ham ma'suliyat yo‘qoldi. Hozirgi kunda asosiy pedagogik texnalogiyalar imperik, kognitiv, evristik, kreativ, inversion, adattiv, inkulyuziv va boshqa texnologiyalardir. Dars jarayonida bu texnologiyalarni tanlay bilish - bu o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq FSMU texnologiyasi munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv-seminari yakunida (o‘quvchilarning o‘quv-seminari haqidagi fikrlarini bilish maqsadida) yoki o‘quv rejasi asosida biron bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘llanishi mumkin, chunki bu texnologiya o‘quvchilarning o‘z fikrini himoya qilishga, mustaqil va erkin fikrlash, o‘z fikrini boshqalarga asosli ravishda ifoda etishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarning o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda o‘quvchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. O‘TKAZISH TEXNOLOGIYASI Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi: 1-bosqichda: -o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi; -o‘qituvchi darsda avval har bir o‘quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi, va nihoyat, dars oxirida jamoa bo‘lib ishlanishi haqida o‘quvchilarga ma’lumot beradi; -dars davomida har bir o‘quvchi o‘z fikrini erkin holda to‘liq bayon etishi mumkinligi eslatib o‘tiladi. 2-bosqichda: -har bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘ozlar tarqatiladi: F (fikringizni bayon eting); S (fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating); M (ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring); U (fikringizni umumlashtiring). -Har bir o‘quvchi yakka tartibda tarqatilgan qog‘ozdagi FSMU ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi. 3 -bosqichda: -har bir o‘quvchi o‘z qog‘ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, o‘qituvchi ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi; -o‘qituvchi har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog‘ozlarni tarqatadi; -o‘qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog‘ozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozilishini taklif etadi. 4 -bosqichda: -kichik guruhlarda avval har bir o‘quvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi; -guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar; -fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin. 5 -bosqichda: -kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarni himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Ba’zi bo‘limlarni isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin. 6-bosqichda: -o‘qituvchi darsga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi; -quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qiladi: a) Ushbu dars yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarni o‘rgandingiz? b) Ushbu dars qanday samara berdi? s) Ushbu mavzu o‘quvchilarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi? IZOH: Yuqorida keltirilgan savollar o‘qituvchi tomonidan har bir darsning mazmuni, maqsadidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga berilishi mumkin.
Masalan: Mavzu: Kesim gapning mazmuniy markazi. F (fikringizni bayon eting);
lashtiruvchi, tasdiq-inkor, shaxs-son, zamon va mayl ma’nolarini ifodalovchi bosh bo‘lak kesim deb ataladi. S (Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating): Kesim gapning mazmuniy markazini tashkil etganligi uchun boshqa bo‘laklar qatnashmasdan ham kesim orqali gap hosil qilish mumkin. M (Ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring): Kelayapti. Boramiz. U (Fikringizni umumlashtiring): Yuqorida keltirilgan so‘z bir gapni hosil qilmoqda. Agar gapda kesim qatnashmasa, gapning mazmuni bo‘lmaydi. Kelyapti, boramiz degan so‘zlar gapning mazmuniy markazi bo‘lmokda. Kelayapti gapi hozirgi zamonni ifodalayapti. Boramiz gapi kelasi zamonda ifodalangan. Xulosa o‘rnida shuni takidlash mumkinki, o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondashishga yo‘naltiradi, eng asosiysi, ularning o‘qishga, fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Hozirgi zamonaviy metodlar yoki o‘qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik darslar o‘quvchilarda mantiqiy, aqliy, ijobiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.


Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin