Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
 
 
 


102
9-mavzu. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik
darajasini tashxislash 
 
Reja: 
1. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash mohiyati. 
2. O‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar va ularning turlari. 
3. Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi. 
4. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish. 
5. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash usullari. 
Tayanch tushunchalar:
shaxs, o‘quvchi, tarbiya, tarbiyalash, tashxislash, 
tarbiyalanganlik, tarbiyalik darajasi, tarbiyalanganlik darajasini tashxislash, 
tarbiyalanganlik ko‘rsatkichlari.
I. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash 
mohiyati. 
Pedagogik faoliyatning ikki muhim yo‘nalishi mavjud ekani barchaga 
ayon: 1) ta’lim (didaktika); 2) tarbiya. Pedagogik diagnostikada ham ana shu ikki 
yo‘nalish inobatga olinadi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarni 
o‘zlashtirish darajasi – ma’lumotga egalik holati xususida avvalgi mavzuda so‘z 
yuritildi. Ushbu mavzuda esa bevosita o‘quvchining axloqiy tarbiyalanganlik (yoki 
tarbiyalangan) darajasi va uni tashxislash to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi. Aksariyat 
o‘rinlarda sub’ektiv xarakterga ega “o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi” (yoki 
o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi) iborasi o‘rniga umumiy tarzda “shaxsning 
tarbiyalanganlik darajasi” (yoki shaxsning tarbiyalanganligi) tushunchasi 
ishlatiladi. Qolaversa, shaxs (o‘quvchi)ning tarbiyalanganligi tahlil qilinar ekan
ayni o‘rinda “tarbiya”, “tarbiyalash”, “tarbiyalanganlik” tushunchalari ham 
qo‘llaniladi. Shu bois ushbu tushunchalarga izoh berib o‘tish maqsadga 
muvofiqdir.
Shaxs – jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy 
xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan, 
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega azosi
92


Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin