Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

1.
 
Motivatsiya (faoliyatga o‘zini tayyorlash) bosqichi.
O‘qituvchi 
o‘quvchilarda berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan intilish, o‘zini 
mazkur vaziyatning hokimi deb his qilish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish istaklarini 
shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bir so‘z bilan aytganda 
muvaffaqiyatga erishish sabablarini shakllantiradi. 
Muvaffaqiyatga erishish sababi (motivi)ni shakllantirib, o‘qituvchi ularning 
turli variantlarini taklif etishga haqlidir: barcha ish va masalalarni mustaqil 
bajarishga intilish, tengdoshlari oldida uz maqomini ko‘tarish, birinchi bo‘lish, o‘z 
faoliyatini boshqalarga foydali jihatlari nuqtai nazaridan ko‘ra bilish, boshqalar 
bilan faol muloqotga kirishish va h.k. 
Oqibatda, motivatsion bosqichda o‘qituvchi talabalardagi hissiyotlarni 
uyg‘otish va faollashtirish uchun ma’lum bir vaziyatlarni tashkil kiladi. Shuni aytib 
o‘tish kerakki, motivatsion soha bilan bog‘liq muvaffaqiyatli vaziyat mazkur 
bosqichda psixologik jihatlar bilan aniqlanadi. Keyingi bosqichlarda yuzaga 
keluvchi vaziyatlardan ham asosiy farqi ana shunda. 
2. Tashkillashtirish (yoki faoliyatni ta’minlash) bosqichi
. O‘qituvchining 
vazifasi – o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, bajarilayotgan ish ularga 
quvonch va rohat olib kelishi holatlarini inobatga olgan holda topshiriqlar 
berishdir. Bosqichda ba’zi o‘quvchialarda shunday davr boshlanadiki, unda 
faoliyatga nisbatan salbiy munosabat kuzatiladi, ularni bajarishga bo‘lgan qiziqish 
yo‘qoladi. O‘quvchilarda ishni bajarish majburiyati susayadi, qolaversa, ijtimoiy 
topshiriqlarni bajarish uchun yetarli sharoit bo‘lmaydi.
Psixologiya va pedagogikada muvaffaqiyatsiz vaziyatni shakllantiruvchi 
shart-sharoitlar sifatida quyidagi to‘rt jihat e’tirof etiladi: qobiliyatning 
yetishmovchiligi; masalaning murakkabligi; muvafaqqiyatning yo‘qligi; irodaning 
sustligi. 
O‘qituvchi o‘quvchining qobiliyatlariga mos ravishda vazifalarni tanlay olishi 
muhim. 
Bosqichlari 
Motivatsiya (faoliyatga o‘zini 
tayyorlash) bosqichi
Tashkillashtirish (yoki 
faoliyatni ta’minlash) bosqichi

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin