109
Omad tashqi sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, qobiliyat, omad va vazifaning
murakkabligidan farqli iroda nazorat qilish faktori sifatida xizmat qiladi. Shu
bois, iroda va chidam yoki o‘z-o‘zini tashkil etish faoliyat
natijasini yaxshilashda yagona urinish omillaridir.
Muvafaqqiyatli vaziyatni yuzaga keltirish metodlari quyidagilardir:
1.
Tashkiliy nazorat (ishning boshlanishi, tanaffuslar, ishning yakunlanishi);
2.
Tarkibiy nazorat (ishning mohiyati bo‘yicha maslahat tashkil etish).
3. Natija (samara)li bosqich yoki taxmin qilingan baholarni real baholar bilan
taqqoslash.
O‘qituvchi o‘z oldiga oldingi faoliyat natijasini emosional stimulga,
ya’ni, keyingi tarbiyaviy vazifani bajarish uchun motivga aylantirish vazifasi
yotadi. Buning uchun o‘qituvchi faoliyatning oldingi bosqichlarida qo‘lga
kiritilgan natijalarni idrok etishi va tahlil qilishi lozim.
O‘quvchiga beriladigan individual topshiriqlar tizimini ularning murakkablik
darajasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish lozim. Hayotiy tajriba, ijtimoiy
malakalarga ega bo‘lib borgani sayin o‘quvchining zimmasiga bir qadar murakkab,
mas’uliyatli ijtimoiy vazifalar yuklatilishi zarur. Ularni bajarish chog‘ida o‘quvchi
ma’lum qiyinchiliklarni yengishni o‘rganadi.
Muvaffaqiyatni ta’minlovchi tarbiyalovchi vaziyatlar o‘quvchida ijtimoiy
faoliyatga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarbiyalash bilan birga, unda ijtimoiy
faollikni yuzaga keltiradi. Bu esa global axborotlashuv, shaxslararo munosabatlar
jarayoniing murakkablashuvi sharoitida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni
kirishimli bo‘lishga, atrofdagilar bilan hech bir qiyinchiliksiz,
psixologik to‘siqlarsiz muloqot qilishga o‘rgatadi.
IV. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash
usullari.
Psixologiya
va
pedagogika
yo‘nalishlarida shaxs, xususan,
o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini tashxislashda samarali bo‘lgan
usullarni aniqlashga e’tibor qaratilgan. Natija bir qator samarali usullar ishlab
chiqilgan. Ayni o‘rinda ularning ayrimlari bilan tanishib chiqildi.
Dostları ilə paylaş: