Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Tashxislovchi texnika – pedagog yoki mutaxassis tomonidan samarali 
o‘zlashtirilib, o‘rganilayotgan shaxs (o‘quvchi, tarbiyalanuvchi) yoki 
shaxslar guruhi (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga pedagogik ta’sir 
ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llashga imkon beradigan 
bilim, ko‘nikma, malaka va tajribalar yig‘indisi. 
Me’yor (tashxislovchi me’yor) – 1) tashxislash jarayonining avvali 
(boshi) va yakuni (oxiri) da qo‘lga kiritilgan natijalarni o‘zaro 
solishtirish uchun xizmat qiladigan standartlashtirilgan o‘lchov 
birliklari, ko‘rsatkichlar; 2) o‘rganilayotgan shaxs yoki shaxslar guruhi 
(masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos bo‘lgan xulq-atvor, ma’lum xatti-
harakatni tashkil qilish, shuningdek, ma’lum jarayonga xos 
xususiyatlarni tadqiq qilish uchun namuna, andoza.
Standart (davlat ta’lim standarti – DTS; ingl. “standard” – meyor, 
namuna) – uzluksiz ta’lim bosqichlarining asosiy ta’lim dasturlari 
mazmunining zaruriy minimumini, o‘quvchilarga yuklanadigan o‘quv 
yuklanmalarning maksimal hajmini, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining 
tayyorgarlik darajasini, ta’lim jarayonini ta’minlash (uning moddiy-
texnik, o‘quv-laboratoriya, axborot-metodik, kadrlar taminoti)ning 
asosiy talablarini aniqlab beradigan meyor va talablar
18
. Diagnostika 
nazariyasida “standart” tushunchasi quyidagi uch jihatga ko‘ra 
qo‘llaniladi: 1) o‘lchash, o‘zaro solishtirish, tahlil qilish va baholash 
uchun asos bo‘ladigan ko‘rsatkich; 2) psixologik-pedagogik ko‘rsatkich 
(shkala)larni shakllantirish uchun asos bo‘ladigan ixtiyoriy etalon 
(namuna); 3) muayyan jamiyat tomonidan e’tirof qilingan ijtimoiy axloq 
mezoni. 
Talab (psixologik-pedagogik talab) – turli xatti-harakatlarni bajarish, 
muayyan faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal 
qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy –psixologik xulq-atvor me’yorlari va 
17
Педагогика. Катта изоҳли луғат / М.Усмонбоева, Ф.Асқарова. – Т.: “Сано-стандарт”, 2017. – 
282-б.
18
Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. 
– Наманган: НамДУ, 2014. – 130-б.


13
tarbiyaviy ta’sir usuli. U ma’lum harakatlarni rag‘batlantirish yoki 
to‘xtatish, shaxsni ijobiy harakatlarga undash xarakteriga ega bo‘ladi. 
Psixologik va pedagogik diagnostikada talab (psixologik-pedagogik 
talab)lar to‘rtta guruhga ajratiladi. Ular: 1) nazariy xarakterga ega 
talab (psixologik va pedagogik ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq, maslahat; o‘lchov 
birliklari); 2) amaliy xarakterga ega talab (tashxislash jarayonida 
ustuvor bo‘lgan omillarga tayanishni taqozo qiladigan psixologik-
pedagogik talab; o‘lchov birliklari); 3) ob’ektiv qonuniyatlar asosida 
shakllantiriladigan tashxis tamoyillari; 4) tashxislash jarayonini tashkil 
qilish tartibi va qoidalari.
Mezon (yun. “kriteron” – muhokama (mulohaza qilish) uchun vosita) – 
unga asoslangan holda baholash amalga oshiriladigan belgi; 
nimaningdir tavsifi yoki tasnifi; baholash o‘lchovi. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin