Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
Natijalarning talqini: 
34 dan 40 birlikgacha – o‘zini o‘zi qadrlash darajasi yuqori. 
24 dan 33 birlikgacha – o‘zini o‘zi qadrlash darajasi o‘rtacha. 
16 dan 23 ballgacha – o‘zini o‘zi qadrlash darajasi qoniqarli. 
10 dan 15 birlikgacha – o‘zini o‘zi qadrlash darajasi past. 
2-usul. Xulq-atvor etikasi diagnostikasi 
Ko‘rsatmalar: 
O‘qituvchi: “Men tugallanmagan beshta jumlani o‘qiyman. Sizning 
vazifangiz jumlalarni davom ettirishingiz kerak. Javob qaytarishda jumlalarning 
birinchi qismi (o‘qilgan qismi)ni yozishingiz shart emas. 
Matn: 
1. Yigitlardan birini kulgili holatda ko‘rganimda, men ... 


111
2. Agar kimdir ustimdan kulsa, men ... 
3. Agar tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lsam, men ... 
4. Gapimni bo‘lishganda, men ... 
5. Sinfdoshlarim bilan muloqot qilishni xohlamaganimda, men ... 
Sharh: 
Birinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida befarqlik, tajovuzkorlik, beparvolik 
bo‘lsa – javobi salbiy; o‘zaro yordam, hamdardlik to‘yg‘usi bo‘lsa, u holda javobi 
– ijobiy 
Ikkinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida tajovuzkorlik, psixologik bosimning turli 
usullari bo‘lsa, u holda javobi salbiy; ta’sirlanmaslik, vaziyatdan o‘zini olib 
qochish, his-tuyg‘u, kechinmalarni ifodalashda qo‘pollik, tajovuzning bo‘lmasligi 
kuzatilsa, uholda – javobi – ijobiy. 
Uchinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida psixologik bosim, tajovuzkorlik, 
ayyorlik kuzatilsa, u holda javobi salbiy; munosabatlarda teng huquqli bo‘lish, 
ochiqlikni yoqlasa, u holda javobi – ijobiy.
To‘rtinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida keskin ta’sirlanish, tajovuzkorlik, 
achchiqlanish, tahdid, psixologik bosim kuzatilsa, u holda javobi salbiy; xohish-
istak, fikr, his-tuyg‘ular, munosabatining tajovuzkorlik hamda qo‘pollikdan holi 
bo‘lishi, u holda javobi – ijobiy. 
Beshinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida qo‘pollik, tajovuzkorlik, odobsizlik 
kuzatilsa, u holda javobi salbiy; xushmuomalalilik, muloyimlik, o‘z xohishlarini 
tushunarli bayon qilsa, u holda javobi – ijobiy.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin