Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


-usul. Hayotiy qadriyatlarga munosabat diagnostikasi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

3-usul. Hayotiy qadriyatlarga munosabat diagnostikasi 
Ko‘rsatmalar: 
Tasavvur qiling, qo‘lingizda sehrli tayoqcha va 10 ta istaklar ro‘yxati bor. 
Ammo istaklarning faqat beshtasini bayon qilingiz mumkin.
Istaklar ro‘yxati yozuv taxtasiga oldindan yozib qo‘yiladi. 
 
Istaklar ro‘yxati: 
1. Sevimli inson bo‘lish. 
2. Ko‘p pulga ega bo‘lish. 
3. Eng zamonaviy kompyuterga ega bo‘lish. 
4. Sodiq do‘stga ega bo‘lish. 
5. Men uchun ota-onamning salomatligi muhim. 
6. Ko‘pchilikka buyruq berish huquqiga ega bo‘lish. 
7. Ko‘p sonli xizmatkorlarga ega bo‘lish va ular ustidan “hukmronlik qilish”. 
8. Sofdil yurakka ega bo‘lish. 
9. Atrofdagilar hamdard bo‘lish va ularga yordam berish. 
10. Boshqalarda hech qachon bo‘lmaydigan buyumlarga ega bo‘lish. 
Sharh: 
Salbiy javoblarning tartib raqami: 2, 3, 6, 7, 10. 
Ijobiy javoblarning tartib raqami: 1, 4, 5, 8, 9. 
Beshta ijobiy javob – yuqori darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 
4-3 ta ijobiy javob – o‘rta darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 


112
2 ta ijobiy javob – qoniqarli darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 
0-1 ta ijobiy javob – past darajada hayotiy qadriyatlarga egalik. 
 
4-usul. Axloqiy motivatsiya diagnostikasi 
Ko‘rsatmalar: 
O‘qituvchi: Men sizga to‘rtta savol beraman. Siz ularga berilgan to‘rtta 
javobdan birini tanlashingiz kerak. 
Savollar: 
1. Agar kimdir yig‘lasa, u holda men .... 
- unga yordam berishga harakat qilaman; 
- nima bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylayman; 
- e’tibor beraman, biroq, qo‘limdan hech narsa kelmaydi; 
- e’tibor bermayman. 
2. Men do‘stim bilan tennis o‘ynayotganimda oldimizga 6-7 yoshli bola 
keladi va o‘zida tennis raketkasi o‘yin yo‘qligini aytadi. Shunda men unga ... 
- kayfiyatimizni tushurmasligini aytaman; 
- hech qanday yordam berolmasligimni aytaman; 
- ota -onasidan tennis raketkasini sotib olib berishni so‘rashini aytaman; 
- o‘rtog‘i bilan kelib, bizning tennis raketkalarimizda o‘ynashi mumkinligini 
aytaman.
3. Agarda ishxonada kimdir qisqartirishga turib qolsa, u holda men .... 
- e’tibor bermayman; 
- shunchaki achinaman; 
- bu fojia emasligini tushuntiraman; 
- ishni olib borishni yaxshiroq o‘rganishi zarurligi aytaman. 
4. Bordi-yu, sinfdoshingiz sizdan xafa bo‘lsa, u holda Siz ... 
- uning holatini juda yaxshi his qilaman; 
- bu vaziyatda nima qila olishim mumkinligi haqida o‘ylayman; 
- men ham qattiq ranjiyman; 
- unga noto‘g‘ri qilayotganligini tushuntiraman; 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin