Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 
466-сон (2020 йил 7 август)
 
Қарори // https://www.lex.uz/ru/docs/4945840. 


120
faoliyat asosida tashkil etiluvchi ularni muayyan kasbga tayyorlash
jarayoni
104

O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash – tashxis 
metodlari yordamida o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar asoslarini 
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, qobiliyat darajasini aniqlash. 
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishularning qiziqish, qobiliyatini 
aniqlash orqali 
ongli ravishda kasb yoki hunar yo‘nalishlarini 
tanlashiga ko‘maklashish va harakatlarini tegishli yo‘nalishga solish.
 
Shaxsda muayyan kasb yoki hunar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni 
samarali o‘zlashtirilishi kasbga tayyorlash jarayoni asosida ta’minlanadi.
II. 
O‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislash: maqsadi,
vazifalari. 
Pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan 
o‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislash ham aniq maqsad asosida tashkil 
etiladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislashdan ko‘zlangan maqsad - 
 
ularning qiziqish, qobiliyatini aniqlash orqali 
ongli ravishda kasb yoki hunar 
yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish hamda ta’limning keyingi bosqichlarida 
o‘qishni davom ettirish yuzasidan o‘quvchilar, uning ota-onalarga tavsiyalar 
psixologik-pedagogik tavsiya, maslahat berish. 
Bu yo‘nalishda tashxislashni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar 
hal qilinadi:
o‘quvchilarga turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan 
kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda kasbning 
insonga, uning jismoniy, psixologik va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga 
qo‘yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish;
o‘quvchilarning bilish (o‘quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga, 
mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini 
aniqlash hamda baholash; 
o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlari va mehnat bozori talablarini
ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
kasb va ta’lim muassasasini tanlashga ko‘maklashish; 
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik, 
ishchanlik va mas’uliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish. 
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor 
ahamiyat kasb etadi: kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlarining tizimli-majmuaviy 
xarakterdaligi; iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va istiqbolni 
belgilash orqali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashuvi; shaxsni kasb-
hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va 
vrsitalarining ilmiy asoslanganligi; O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim 
bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va 
diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb-qunarga yo‘naltirish xizmatlaridan 
foydalanishga teng huquqliligi; kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga 
104
Профессиональная ориентация молодёжи / А.Д.Сазонов и др. – М.: Высшая школа. 1990. – С. 49-50. 


121
joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi; 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga psixologik-pedagogik va kasb-
hunarga yo‘naltirish xizmatlarini ko‘rsatishning majburiyligi va bepulligi, 
aholining boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va 
maslahat berishning ixtiyoriyligi; kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining 
ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi
105

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini 
tashxislashda
 
quyidagi talablar inobatga olinishi zarur: o‘quvchining kasbiy 
faoliyatni tashkil etishga ruhiy tayyorligi, aniq maqsadga egaligi, ish o‘rnini to‘g‘ri 
tashkil etish malakasiga egaligi, ish vaqtidan unumli foydalana olish zarurligini 
tushunishi, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lishga harakat qilishi, ish 
qurollariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, xavfsizlik qoidalari (xususan, yong‘in va 
halokatlarning oldini olish, turli xildagi jarahotlanishlardan saqlanish, ma’lum 
kasbiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar)ga 
og‘ishmay rioya etishi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirishga faratilgan faoliyatni 
tashkil qilishda o‘quvchilarini quyidagi sohalar bilan yaqindan tanishtirish orqali 
ularda dastlabki kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga 
muvofiq sanaladi (2-jadval): 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin