Ko‘rsatkich (lot. “indicator” – ko‘rsatkich) – aniq ob’ektda namoyon
bo‘ladigan qandaydir o‘lchov birligi yoki o‘zgarish sifati (mezoni). Mezon, uning miqdoriy va sifat tavsifi bo‘yicha ob’ektning turli holatlarini muhokama qilishga imkon beradigan o‘lchov, chegara. Ko‘rsatkich, odatda, o‘lchanadigan mezonning tashqi jihatdan juda yaxshi farqlashga imkon beradi. Rivojlanishni bashoratlash – dinamik xarakterga ega modelning asosiy natijasi bo‘lib, uning yordamida tashxislanuvchi ob’ektning sabab- oqibatli o‘zaro bog‘liqligi, uning mavjud bo‘lishini ta’minlovchi jarayon qonuniyatlari to‘g‘risidagi qarashlar tartiblanadi. Shunday qilib, zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika g‘oyalarini
amaliyotda qo‘llash didaktik va tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy, metodik, tashkiliy,
amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkillashtirilishini ta’minlaydi. O‘quvchilar tomonidan
BKMning samarali o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratadi. Qolaversa, pedagogik
jarayonda muayyan kamchiliklar ko‘zga tashlansa, ularni tezkor bartaraf etish,
istiqbol vazifalarni oqilona belgilashga yordam beradi.
Nazorat savollari: 1. “Pedagogik diagnostika” tushunchasi ilk marta kim tomonidan
qo‘llanilagan?
2. “Pedagogik diagnostika va korreksiya”ning o‘quv fanining rivojlanishiga
kimlar hissa qo‘shgan?
3. “Diagnostika” va “pedagogik diagnostika” tushunchalari qanday ma’noni
anglatadi?
4. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday maqsadni ko‘zlaydi?
5. O‘quv fanining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday asosiy tushuncha
(kategoriya)larga ega.
7. Tashxis nima?
8. “Mezon” va “ko‘rsatkich” tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
nimadan iborat?