Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


YE.A.Klimov tomonidan asoslangan “Tabaqalashtirilgan tashxis



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

2. YE.A.Klimov tomonidan asoslangan “Tabaqalashtirilgan tashxis 
so‘rovnomasi”
107
o‘quvchilarni nafaqat kasb yoki hunarga yo‘naltirish vazifasini 
ijobiy hal etishga xizmat qilmaydi, balki ularning istiqbolda muayyan yo‘naltishda 
kasbiy faoliyatni samarali tashkil eta olishi uchun amaliy ahamiyati yuqori 
yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur so‘rovnoma o‘quvchilarning qiziqish va moyilliklarini aniqlash
borasida eng mashhur metodlardan biri sanaladi. Metodning mohiyati mavjud kasb 
va hunarlarni ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi 5 tipga muvofiq 
ravishda o‘rganishni anglatadi: 
1) inson – tabiat (mehnat manbai sifatida – o‘simlik, hayvon va 
mikroorganizmlar e’tirof etiladi); 
2) inson – texnika (mashina va mexanizmlar); 
3) inson – inson (odamlar guruhi, jamoalar); 
4) inson – belgilar tizimi (raqamlar, tillar, ramzlar, kodlar);
5) inson – badiiy timsol (tasviriy san’at, badiiy asarlar va ularda ifoda etilgan 
obrazlar). 
“Tabaqalashtirilgan tashxis so‘rovnomasi” kasb yoki hunarlarning yuqorida 
qayd etilgan tasnifi doirasida o‘quvchilarning qiziqish va layoqatlari xususida 
taxminiy dalillarga ega bo‘lish uchun muhim ma’lumotlarni beradi
108

3. “Men afzal ko‘raman” nomli tashxis so‘rovnomasi
109

So‘rovnmadan 
foydalanish asosida o‘quvchilarning muayyan kasb yoki hunarlar asoslari bo‘yicha 
ma’lumotlarni egallaganlaridan so‘ng har qanday faoliyatni yo‘lga qo‘yishlari 
mumkinligi aniqlanadi. O‘quvchilarning ma’lum kasb yoki hunar yo‘nalishi 
bo‘yicha o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad va intilishlarining qay darajada qat’iy 
ekanliklarini aniqlash maqsadida ularning e’tiboriga ikki imkoniyatdan birini 
tanlashni taqozo etuvchi variantlar havola etildi. O‘quvchilarning mazkur 
savollarga bo‘lgan munosabatlari ham uning hayotiy maqsadining aniqligi borasida 
ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.
Ayni o‘rinda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga xizmat qiladigan metod va 
metodikalardan ayrimlari keltiriladi. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin