141
Abu Nasr Forobiyning fikricha, inson boshqalar bilan munosabatda bo‘lish,
ularning yordami va qo‘llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu
ehtiyojni qondirish yo‘lidagi amaliy harakatlar insonni
kamolotga yetaklaydi, deb
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o‘zaro yordam,
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o‘rnini
belgilab beradi.
III. Jamoa an’analari – tarbiyaviy ta’sir vositasi sifatida.
O‘quvchilar
jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o‘rin tutadi.
Jamoa an’analari
– jamoa
a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo‘lib, ularda
munosabatlar xususiyati va jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an’analari
shartli ravishda ikkiga bo‘linadi (21-rasm):
Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv faoliyati (o‘zaro yordam
turlari) va mehnat faoliyati (ko‘chatlar o‘tkazish,
hasharlar uyushtirish va
boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar
bilan bog‘liq sanalar (xususan, “Alifbe bayrami”, “Mustaqillik bayrami”, “Navro‘z
bayrami”, “Xotira va qadrlash kuni” va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil
etilgan faoliyat kiradi.
O‘quvchilar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy
yo‘lboshchilarning mavjudligi ko‘zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo‘lboshchilar
tarkibini a’lo baholarga o‘qiydigan, jamoa ishlarida
faol ishtirok etuvchi
o‘quvchilar tashkil etsa, norasmiy liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon
etmasalarda, ayrim sifatlariga ko‘ra tengdoshlarini o‘z ortlaridan ergashtira
oladilar. Norasmiy liderlarning ma’naviy-axloqiy qiyofasi boshqa o‘quvchilarga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari va maktab pedagogik jamoasi bunday liderlar
faoliyatini doimiy nazorat qilib borishlari zarur.
O‘quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik sinf rahbari tomonidan amalga
oshiriladi. Shu sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a’zosining
individual xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi
zarur
111
.
Dostları ilə paylaş: