Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


I. “Bizning munosabatlarimiz” metodikasi (L.M.Fridmana)



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

I. “Bizning munosabatlarimiz” metodikasi (L.M.Fridmana) 
Maqsad:
o‘quvchilarning sinf jamoasining turli faoliyatidan qoniqish 
darajasini aniqlash. 
Metodika bilan ishlash: 
O‘quvchiga sinf jamoasining mavjud holatini 
baholashga oid oltita fikrni tasdiqlash so‘raladi. Javob qaytarishda o‘quvchining 
fikriga mos kelgan va u tomonidan tasdiqlangan fikr qayd qilingan tartib raqamni 
yozish mumkin. Anketa bilan ishlash jarayonida, shuningdek, bir-biriga qarama-
qarshi fikrlar ham yuzaga kelishi mumkin. 
O‘quvchiga tasdiqlash uchun taklif qilingan oltita fikr taklif qilinadi: 
1-variant. Sinf jamoasining ahil yoki noahilligini aniqlash. 
1. Sinfimiz juda ahil va jips. 
2. Sinfimiz ahil. 
3. Sinfimizda tortishuvlar bo‘lmaydi, biroq, har kim o‘zi bilan o‘zi ovora. 
4. Sinfimizda ba’zan tartishuvlar bo‘lib turadi, ammo, uni “ziddiyatli sinf” 
deb atab bo‘lmaydi. 
5. Sinfimiz ahil emas, tez-tez janjallar yuzaga keladi. 
6. Sinfimiz mutlaqo ahil emas, bunday sinfda o‘qish qiyin. 
2-variant. Jamoa a’zolarining bir-birini
tushunish olish hissiga egaligini aniqlash
1. Garchi bu so‘ralmasa ham, sinfimizda bir-birimizga yordam beramiz.
2. Sinfimiz o‘quvchilar faqat o‘ziga do‘st deb bilganlarga yordam beradi.
3. Sinfimizda, qachonki, o‘quvchining o‘zi yordam so‘rasa, shundagina 
yordam ko‘rsatiladi. 
4. Sinfimizda, qachonki, o‘qituvchimiz buni so‘rasa, bir-birimizga yordam 
beramiz. 
5. Sinfimiz bir-biriga yordam berishga odatlanmagan. 
6. Sinfimizda bir-biriga yordam berish inkor qilinadi.
Natijalarni qayta ishlash.
Ko‘pchilik o‘quvchilar tomonidan tasdiqlangan fikr 
sinf jamoasining bir-biriga bo‘lgan munosabatlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bir 
vaqtning o‘zida o‘quvchi tomonidan bildirilgan fikr uning jamoadagi mavjud 
munosabatlar tizimida o‘zini qanday his qilishidan dalolat beradi.


145

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin