Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

d) muhim pedagogik tamoyil. 
6. Har bir jamoa ...ga ega. 
a) o‘z-o‘zini yo‘naltirish malakasi; 
b) o‘z-o‘zini tahlil qilish layoqati; 
c) o‘z-o‘zini boshqarish organi; 
d) o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyati. 
7. Jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘ladigan tashkiliy jihatlari ....ni ifodalaydi. 
a) jamoaning norasmiy tuzilishi; 
b) jamoaning rasmiy tuzilishi;
c) o‘z-o‘zini boshqarish organini;
d) o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyati. 
8. ... – jamoa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan 
odatlar.
a) jamoa logotipi; 
b) jamoa atributlari; 
c) jamoa bayramlari; 
d)
 jamoa an’analari.


148
9. Sinf (guruh) jamoasining tarbiyaviy funksiyalari – bu ... 
a) tashkiliy, mafkuraviy-tarbiyaviy, rag‘batlantiruvchi; 
b) tashkiliy, nazariy, amaliy;
c) kognitiv, amaliy, refleksiv; 
d) tashkiliy, jarayonli, baholovchi.
10. 
“Guruhdagi psixologik muhitni baholash” (L.G.Jedunova) so‘rovnomasi 
... tizimga asoslanadi. 
a) 12 balli; 
b) 10 balli; 
c) 9 balli; 
d) 5 balli. 
11. 
“Nima muhimroq?” anketasi o‘zida .... sifat (fazilat)ni qamrab oladi.
a) 47 ta; 
b) 41 ta;
c) 35 ta; 
d) 30 ta. 
12. 
“Bizning munosabatlarimiz” metodikasi (L.M.Fridmana)ga ko‘ra 
o‘quvchilarga ... variantda savollar to‘plami taqdim qilinadi. 
a) 5 ta; 
b) 4 ta;
c) 2 ta;
d) 7 ta. 
Amaliy topshiriqlar: 
 
1-topshiriq.
“Guruhdagi psixologik muhitni baholash” (L.G.Jedunova) 
so‘rovnomasi asosida 3-4 nafar o‘quvchilarning o‘z sinflaridagi psixologik muhit 
to‘g‘risidagi munosabatlarini o‘rganish va baholash.
Ko‘rsatma. 
sinfdagi psixologik muhit holatidan kelib chiqqan holda qutb (“+” va 
“–” tomon)larda berilgan sifatlarni belgilang. 
Anketada sinfingizdagi muhitni tasvirlash uchun qarama-qarshi juft so‘zlar 
berilgan. Har bir juftlikdagi o‘ng yoki chap tomondagi so‘z Sizga qanchalik yaqin 
bo‘lsa, u holda “X” belgisini qo‘ygan holda buni tasdiqlang. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin