161
10. Siz yaqinlaringizning dugonalari, do‘stlariga nisbatan samimiy
munosabatda bo‘la olasizmi?
a) ha;
v) yo‘q.
11. Qiyin vaziyatlarda oila a’zolariga murojaat qilish, ulardan ko‘mak so‘ray
olasizmi?
a) ha;
v) yo‘q.
12. Muayyan vaziyatlarda oila a’zolaridan birini uzoq vaqt kutish Sizning
jahlingizni chiqaradimi?
a) ha;
v) yo‘q.
Shunday qilib, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarga egaligi shaxsning ruhiy,
jismoniy, axloqiy jihatdan kamolga etishida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli
pedagogik diagnostikada har oilaning tarbiyaviy imkoniyatga egaligini o‘rganish,
uning
darajasini
tashxislashga
e’tibor qaratiladi. Oilaning tarbiyaviy
imkoniyatlarga egaligini tashxislashda uning farzandlarni har jihatdan sog‘lom qilib
tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit va sog‘lom turmush tarzi
ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga samarali tayyorlashdagi kuch-
quvvati, qobiliyati o‘rganiladi. Bu yo‘nalishda tashxislashni amalga oshirish
oilaning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va rolini kuchaytirish, mavjud
imkoniyatlardan oqilona foydalanish choralarini belgilashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: