Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

2. Bashoratlash funksiyasi
tashxislanayotgan ob’ektning rivojlanish 
istiqbollarini aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu funksiya o‘qituvchiga ta’lim va 
tarbiya jarayonida foydalanilayotgan vositalar, yaratilgan shart-sharoitlar,
pedagogik faoliyat natijalari o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash 
orqali pedagogik jarayonning istiqbolli rivojlanishini belgilashga qaratilgan 
choralarni ishlab chiqish imkonini beradi. O‘qituvchining diagnostik faoliyati 
nafaqat o‘quvchilarning ahvolini aniqlash va baholashga, balki ularning 
rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar, shart-sharoitlarni 
aniqlashga ham yo‘naltirilgandir. Bashoratlash funksiyasi pedagogik tadqiqotlarda 
yanada samarali qo‘llaniladi. 
3. Nazorat va tuzatish funksiyasi
o‘qituvchiga o‘quvchilar ta’lim va tarbiya 
jarayonida duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish orqali pedagogik 
jarayonni boshqarish, shuningdek, ta’limning rivojlantiruvchi imkoniyatlaridan 
o‘qitish samaradorligini oshirishda foydalanishga yordam beradi. Mazkur funksiya 
ekspert baholash asosida amalga oshiriladi hamda tashxislanayotgan ob’ektning 
muayyan standart, me’yor yoki modelga egaligini nazarda tutadi. 
4. Baholash funksiyasi
qo‘lga kiritilgan pedagogik mezon va ko‘rsatkichlar 
bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Mazkur funksiya amalga oshirish 
o‘rganilayotgan pedagogik ob’ektning har bir aniq belgilangan vaqtdagi o‘zgarishi 
darajasini belgilash va bu o‘zgarishlarning o‘qituvchining harakatlariga 
bog‘liqligini ifodalaydi. Baholash funksiyasi har bir o‘qituvchi faoliyatini sifat va 
miqdor jihatdan baholanilishiga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostikada ilmiy-
pedagogik tajriba sifatida amalga oshiriladigan baholash funksiyasi qo‘lga 
kiritilgan natijalarni tahlil qilish, xolis ravishda qiymatini belgilash imkoniyatini 
yaratadi
23
.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin