Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Asosiy turlari 
Jismoniy og‘ish
Pedagogik og‘ish 
30-rasm. Me’yordan og’ishning asosiy turlari 
Ruhiy og‘ish


187
ekologik vaziyat; 
turmush darajasining pastligi; 
oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy unsurlar miqdorining yuqoriligi; 
nurlanish; 
turli ko‘rinish hamda darajada jarohat olish; 
aholining tibbiy madaniyatga ega emasligi yoki uning pastligi; 
shaxsda o‘zining va atrofdagilarning salomatligiga nisbatan mas’uliyatning 
shakllanmaganligi. 
Me’yordan og‘ishning yana bir turi – ruhiy og‘ish hisoblanadi.
 
Ruhiy og‘ish – aqliy faoliyatni tashkil etish, psixologik holatni boshqara 
olish qobiliyatining butunlay yoki ma’lum darajada yo‘qotilishi.
Bu turdagi og‘ish shaxsning aqliy rivojlanishda ortda qolishi va ruhiy 
nuqsonlarga egaligini belgilaydi.
Aqliy qoloqlik
asab tizimining tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlar sababli 
yuzaga keladi. Bolalar o‘rtasida aqliy qoloqlikning yengil (aqlsizlik) va og‘ir 
(tentaklik) shakllari kuzatiladi. Nutqning buzilishi ham ruhiy nuqsonlar sirasiga 
kiradi.
Ruhiy og‘ishning eng og‘ir shakllari
autizm
(yun. “autos” – o‘zim; ijtimoiy
munosabatlar va muloqotga ehtiyoj sezmaslik) hamda suisid (o‘z-o‘zini o‘ldirish, 
suiqasd) sanaladi. 
Voyaga yetmagan o‘rtasida ijtimoiy og‘ish ham ko‘zga tashlanadi va 
globallashuv sharoitida uning darajasi ortib bormoqda.
Ijtimoiy og‘ish – individning to‘laqonli shaxs bo‘lib shakllanishiga 
to‘sqinlik qiluvchi holatlarning mavjudligi. 
 
Ijtimoiy og‘ish bir necha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Ular:
me’yordan xulqiy og‘ish (tajovuzkorlik, giperfaollik, qo‘pollik, xudbinlik, 
dilozorlik); 
yetimlik; 
aroqxo‘rlik; 
giyohvandlik; 
taksokomaniya; 
fohishabozlik; 
daydilik; 
huquqbuzarlik; 
jinoyat sodir etishga moyillik va boshqalar. 
Shaxsning me’yordan psixologik va ijtimoiy og‘ishi “me’yordan xulqiy 
og‘ish” sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda me’yordan xulqiy og‘ish 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham kuzatilmoqda. Ijtimoiy og‘ishning yetimlik; 
aroqxo‘rlik; giyohvandlik; taksokomaniya; fohishabozlik; daydilik; huquqbuzarlik; 
jinoyat sodir etishga moyillik kabi ko‘rinishlari “Ijtimoiy pedagogika” fanining 
tadqiqot predmeti bo‘lganligi sababli bu urinda ularning mohiyati, kelib chiqish 
sabablari, proflaktikasi, diagnostikasi va korreksiyasi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishga 


188
hojat yo‘q. Asosiy e’tibor me’yordan xulqiy og‘ish

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin