Me’yordan xulqiy og‘ish –
shaxsning jamiyat tomonidan tan olingan va ijtimoiy munosabatlar uchun ustuvor bo‘lgan ma’naviy-axloqiy qoidalar, me’yorlarga rioya etmasligi. III. Pedagogik og‘ish: sabablari va uni korreksiyalash. Jamiyatda shunday
holat ham kuzatiladiki, ayrim o‘quvchilar majburiy ta’lim olish, kasb-hunar ta’limi
muassasalarida o‘qishni davom ettirishni istamaydi. Mazkur holat “pedagogik
og‘ish” sifatida e’tirof etiladi.
Pedagogik og‘ish –
uzluksiz ta’lim tizimining majburiy bosqichlarida umumiy (kasbiy) fanlari asoslarini o‘zlashtirishda ta’lim standartlari talablarini zarur va minimal darajada bajarmaslik yoki bajarishni istamaslik. Zero, o‘smir va o‘spirinlik davrlarida ta’lim olish yuzasidan ijtimoiy-huquqiy
me’yorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga rioya qilmaslik o‘z mohiyatiga ko‘ra
og‘ish hisoblanadi. So‘nggi yillarda o‘smir va o‘spirinlarning ta’lim olishga
nisbatan rag‘bat bildirmayotganliklarining sabablarini chuqur o‘rganish, tahlil
qilish va bartaraf etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik og‘ishning quyidagi ikki turi qayd etilgan (31-rasm):
O‘smir va o‘spirin o‘quvchilarda pedagogik og‘ish bir necha shakllarda
namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir:
1. Rasman qabul qilingan bo‘lsa-da, na’lim muassasasiga qatnamaslik.
2. Boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lmaslik.
3. Faqatga boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lish.
4. Umumiy o‘rta ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmaslik.
5. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ega bo‘lmaslik
Pedagogik og‘ish salbiy ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning sodir etilishi
turli sabablar bilan bog‘liq. Jumladan:
oilada nosog‘lom muhitning mavjudligi;
boquvchisini yo‘qotganlik tufayli ishlashga majbur bo‘lish;
betoblik yoki oilaviy sharoit tufayli darsni uzoq vaqt qoldirish;
o‘quvchi shaxsiga mikroguruhning salbiy ta’siri;
darslar (ta’lim)ni o‘zlashtira olmaslik;
muassasasida o‘quvchiga salbiy munosabatda bo‘lish;
oilada ta’lim olishning rag‘batlantirilmasligi;
Asosiy turlari Umumiy o‘rta ma’lumot olishda
“og‘ish”ning kuzatilishi
Kasbiy ta’lim olishda
“og‘ish”ning kuzatilishi