Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


-rasm. Pedagogik og’ishning asosiy turlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

31-rasm. Pedagogik og’ishning asosiy turlari 


189
o‘quvchi shaxsida ayrim salbiy xislatlarning ustuvorligi;
ta’lim muassasasining boshqa hududda joylashuvi; 
oilada o‘quvchiga “o‘gaylik” munosabatida bo‘linishi;
ta’lim muassasasi, jamoatchilik e’tiborsizligi; 
ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchining qarovsiz qoldirilishi; 
o‘quvchi ruhiyatida ma’naviy “bo‘shliq”ning yuzaga kelishi; 
o‘quvchining turli buzg‘unchi, yot, kriminal oqimlar ta’siriga tushib 
qolishi; 
o‘quvchining o‘zi duch kelgan ayrim muammolarni mustaqil hal qila olmasligi; 
o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholamay mustaqillikka intilishi.
“Pedagogik og‘ish”ning oldini olish va uni bartaraf etish davlat, jamiyat, 
oila, ta’lim muassasasi, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining birgalikdagi va 
o‘zaro hamkorlikka asoslangan faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali hal 
etiladi. 
Voyaga yetmaganlarda “pedagogik og‘ish”ning oldini olish va bartaraf etish 
maqsadida ijtimoiy-pedagogik faoliyat quyidagi shartlar asosida tashkil etilishi 
lozim: 
1. O‘quvchi voyaga yetayotgan oilaning ma’naviy-psixologik muhitini o‘rganish. 
2. 
O‘quvchining buzg‘unchi yot, g‘oyalarni targ‘ib etuvchi oqimlardan 
muhofazalash. 
3. O‘quvchining ijtimoiy, ruhiy va jismoniy holatidan xabardor bo‘lish. 
4. O‘quvchini shaxs sifatida anglash, uning istak va intilishlarini quvvatlash.
5. O‘quvchi mansub bo‘lgan mikroguruhga xos “qadriyatlar”ni aniqlash. 
6. O‘quvchi ruhiyatida ma’naviy “bo‘shliq”ning yuzaga kelishiga yo‘l 
qo‘ymaslik. 
7. O‘quvchi duch kelgan muammoni anglash va uni hal qilishga 
ko‘maklashish. 
8. 
O‘quvchi xatti-harakatlarini bilvosita nazorat qilish. 
9. Mikro, makro muhitda o‘quvchiga salbiy munosabatda bo‘lishning oldini 
olish. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin