Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Korreksion jarayonda insonparvarlik



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

4.
Korreksion jarayonda insonparvarlik
g‘oyalarining ustuvorligi tamoyili.
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, unga oqilona, talabchanlik asosida yondashishni 
ifodalaydi. Oqilona ifodalangan talab o‘quvchining shaxsiy fazilatlarini ijobiy 
rivojlantirish imkonini beradi. Binobarin, o‘quvchining ehtiyojlari avvaldan 
belgilangan pedagogik jarayonning ob’ektiv maqsadiga muvofiq kelishi 
tarbiyaning muhim sharti sanaladi. O‘quvchi nafaqat ijtimoiy talabni anglashi, 
balki uni sifatli, 
kutilganidek puxta bajara olishi ishonishi zarur.
O‘quvchining xulqiga nisbatan pedagogik talabni qo‘yishda uning qadr-
qimmati, g‘ururiga dalh qilinmasligi, haq-huquqi poymol bo‘lmasligi muhim. 
5. O‘quvchining ichki imkoniyatiga tayanish tamoyili.
O‘qituvchi va ota-
onalar o‘quvchiga nisbatan insonparvarlik ruhida, hurmat bilan munosabatda 
bo‘lishi, uning fe’l-atvori, xulqidagi salbiy xususiyatlarini o‘z vaqtida anglay olish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Korreksion jarayonda eng to‘g‘ri yo‘l – 
o‘quvchining salbiy odatlarini uning ijobiy fazilatlariga tayangan holda 
nuqsonlarni bartaraf qilib borish hisoblanadi.
Korreksiyalash jarayonida muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchida o‘ziga, o‘z 
kuchiga bo‘lgan ishonch shakllanadi. U quvonch hissini tuyadi, o‘zini o‘zi hurmat 
qila boshlaydi. O‘quvchi ichki qoniqishni his qiladi, muvaffaqiyatga ishonchi 
ortadi. Natija uning oldiga qo‘yiladigan ijtimoiy vazifalarni sidqidildan bajaradi. 
6. O‘quvchining ijtimoiy faolligi tamoyili.
Pedagogik tuzatish jarayonining 
muhim bo‘g‘ini o‘quvchining ijtimoiy faolligini oshirishdir. Bordi-yu, o‘quvchi 
ijtimoiy jihatdan faollashsa, xulqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish zarurligini o‘zi 
anglab yetadi. Ana shu maqsadda tashkil etilayotgan jarayonni tezlashishini 
istaydi. Korreksiyalash natijasida ijtimoiy faoliyatda, sub’ektlar, xususan, 
sinfdoshlari bilan munosabatning yaxshilanishiga umid qiladi. Natijada o‘quvchi 
ob’ektdan pedagogik faoliyat sub’ektiga aylanadi. Bu jarayon uzoq va 


194
murakkabdir. Shunga qaramay, o‘qituvchi korreksion faoliyatda ijobiy natijaga 
erishishni umid qilishi lozim. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin