Tezkor diagnostika favqulotda muammolarni hal qilish sifatini baholashga
qaratilgan. U tarbiyaviy ish doirasida kerak bo‘lganda amalga oshiriladi, murakkab
vositalarni talab qilmaydi va tarbiyachiga bolalar bilan muloqot qilishning to‘g‘ri
taktikasini tanlashda yordam beradi. Tezkor diagnostikaning asosiy shakllari
diagnostika darsi, oddiy eksperimental vaziyat, suhbat va boshqalar bo‘lishi
mumkin.
III. Pedagogik diagnostika va korreksiyaning o‘ziga xos jihatlari. Har
qanday jarayonda bo‘lgani kabi pedagogik diagnostikada ham o‘ziga xususiyatlar,
ungagina xos bo‘lgan jihatlar ko‘zga tashlanadi.
Diagnostik faoliyatda quyidagi
ustuvor jihatlarni ajratish mumkin (5-rasm):
1. Taqqoslash diagnostika jarayonining boshlanish nuqtasidir. Pedagogik jarayonda
o‘qituvchi o‘quvchining xulq-atvorini kuzatib, uning xatti-harakatlarini avvalgi
xatti-harakatlari bilan yoki hozirgi yoki avvalgi, shuningdek, boshqa
o‘quvchilarning xatti-harakatlari bilan yoki bo‘lmasa, mutlaqo notanish
o‘quvchining xatti-harakatlari bilan solishtiradi. Bu holat pedagogik diagnostikada
individual, ijtimoiy yoki ob’ektiv korrelyasion me’yor deb ataladi.
2. Tahlil qilish da kuzatishning qiyosiy tasnifidan chetga chiqiladi. Bunda
quyidagi savollarga javob topiladi: 1. Nima uchun o‘quvchining muayyan yosh
davridagi xulq-atvori avvalgi xatti-harakatlaridan, sinfdoshlarining xatti-
harakatlaridan farq qiladi? Nima sababdan ayrim o‘quvchilarning xulq-atvorida
“og‘ishlar” kuzatiladi? Tahlil qilish orqali o‘quvchining tashxislanayotgan sifati,
holatidagi ijobiy va salbiy ko‘rinishlarning sabablari o‘rganiladi, aniqlanadi hamda
uni korreksiyalash choralari ishlab chiqiladi. O‘quvchi bilan individual ishlash ish
rejasi tuziladi.
5-rasm. Pedagogik диагностиканинг устувор jihatlari