Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Tarbiyalovchi vaziyat
– o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli 
qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat. 
Tarbiya 
– shaxsga bilim berish orqali unda axloqiy fazilatlarni, mehnat 
ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilish, orqali uni voyaga yetkazish
shaxsda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil 
qilishga qaratilgan amaliy harakat, pedagogik faoliyat.
“Tasodifiy assosiatsiyalar” metodi – 
tasodifiy tanlangan ikkita
 
so‘z 
(tushuncha) o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topish va u asosida orginal hikoya 
to‘qishga yo‘naltirilgan metod. Pedagogik tashxislash jarayonida “Tasodifiy 
assosiatsiyalar” metodidan quyidagicha foydalaniladi: 1-bosqich. Har bir o‘quvchi 
o‘zi istagan kitob (u lug‘at, badiiy adabiyot, turli sohalarga oid qiziqarli
jurnal)ni qo‘lga olib, uning sahifalarini tasodifiy ochadi; 2-bosqich. Ochilgan 
sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich barmoq ixtiyoriy so‘zning
ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi; 3-bosqich. Bu harakat
yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z aniqlanadi; 4-bosqich. Aniqlangan 
har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va u asosida orginal hikoya 
to‘qiladi. 
Tashxis 
(pedagogikada)
 
– o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida 
tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan 
xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir-
birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi; 
tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum 
xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi.
Tashxislovchi metodika
– ma’lum me’yorlarga tayangan holda muayyan 
shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan jarayonga xos 
qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, natijalarni o‘zaro solishtirish 
va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin