Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218
дарслик педагогика. ХРахматова

 ishonchsizlik bildirish
– bu jarayonda jamoa tomonidan o‘quvchining 
xatti-harakati, xulqi salbiy baholangani sababli unga biron bir ijtimoiy 
topshiriqni berish borasida shubha bildirilib, shu orqali u o‘zini o‘zi tanqidiy 
tahlil qilishga undaladi; 
vijdonan yondashmagan holda va sifatsiz bajarilgan ishni qabul 
qilishdan bosh tortish
– bunda jamoa o‘quvchidan ishni qayta bajarishni talab 
qiladi, o‘quvchining ishni yaxshiroq bajarishga bo‘lgan intilishini 
rag‘batlantiradi; 
o‘quvchining xudbinona munosabati va qarashlari ijtimoiy axloq 
me’yorlariga mos kelmasligini qoralash
– bu jarayonda o‘quvchining xulqi 
bevosita tanqid qilinadi; 
jamoaviy tanqid o‘rniga o‘quvchida o‘z-o‘zini tanqid malakalarini 
shakllantirish
– bunda o‘quvchi o‘z harakatlariga ob’ektiv baho berishga,
sinfdoshlar uning harakatidan noroziligi ekani sababini o‘ylab ko‘rishga 
undaladi,
o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish
– bu 
jarayonda o‘quvchi jamoaviy ishlarga o‘z munosabatini bildiradi, sinfdoshlari 
bilan hamkorlikda faoliyat yurita olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsata olishi 
talab qilinadi. 
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish
– ularning qiziqish, qobiliyatini aniqlash 
orqali 
ongli ravishda kasb yoki hunar yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish va 
harakatlarini tegishli yo‘nalishga solish.
O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash
– tashxis metodlari 
yordamida o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar asoslarini o‘zlashtirishga bo‘lgan 
qiziqish, qobiliyat darajasini aniqlash. 
O‘quvchi – 
umumiy o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida tahsil 
olayotgan shaxs. 
Hamkorlik
– tarbiyalovchi vaziyatning o‘zaro harakati bo‘lib, unga ko‘ra 
sub’ektlardan biri ikkinchisining ruhiy-jismoniy holatini to‘la xis etadi va 
voqelikka, masalaga nisbatan o‘zining salbiy munosabatini o‘zgartirgan holda, 
vaziyatning rivojlanishi va ijobiy tus olishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hamkorlik 
asosida sherigi bilan o‘zaro harakat qilish, kayfiyati qanday bo‘lishidan qat’iy 
nazar uning osoyishtaligi haqida qayg‘urish yotadi.


226

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin