27
jarayonning individual komponentlari orasidagi turli darajadagi qaramlik
aniqlanadi. Bu turdagi diagnostika natijalariga tayangan holda ta’lim jarayonining
individual komponentlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan turli darajadagi bog‘liqlik
ochib beriladi. Tizimli diagnostika natijalari amaliyotdagi holatni bir qadar
ishonchli ifodalaydi.
Uchinchi daraja. Tizim holatini o‘rganadigan diagnostika.
Bu
darajadagi
diagnostika pedagogik jarayonning yaxlit tizimli hodisa sifatida individual
jihatlarining vazifalarini,
shuningdek, bu jarayonning rivojlanishini aniqlash
imkonini beradi. Ushbu diagnostika darajasi eng to‘liq hisoblanadi. Tizim holatini
o‘rganuvchi diagnostika yordamida alohida komponentlar orasidagi o‘zaro
aloqalarning to‘liq tavsiri o‘rganiladi. Tizim tarkibiy elementlarining muayyan
vazifani
bajarishdagi ishtiroki, ularning o‘zaro munosabatlari tahlil qilinadi.
Mazkur diagnostika maqsadni qabul qilishdan toki yakuniy natijaga erishishgacha
bo‘lgan pedagogik vaziyatlar zanjirining rivojlanish tarixini ob’ektiv o‘rganishga
imkon beradi.
Pedagogik faoliyatda rejalashtirish, tashkil etish, nazorat,
tahlil hamda
korreksiyalash g‘oyalarining yetakchiligiga asoslangan holda o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma, malakalari darajasini kutilgan natijani qo‘lga kiritishga yordam
beradi. Bunda tashxislashning muhim bosqichlarini inobatga olish lozim
N.V.Kuzmina
25
o‘quvchi yoki o‘quvchilar jamoasi misolida pedagogik tashxisni
quyidagi izchillikka muvofiq – bosqichlarda
amalga oshirish maqsadga
muvofiqligini ko‘rsatadi (8-rasm):
25
Кузьмина Н.В. Профессионализм личности преподавателя и мастера производственного
обучения. – М.: Педагогика, 1990. – 28.
Dostları ilə paylaş: