30
metodik, maxsus ishlab chiqilgan yoki aniq vaziyatlar, sharoitlardagi (jumladan,
etnomadniy, mahalliy) ma’lumotlarga moslashligi;
ularni tashkil etishda bajariladigan ish tartibining oddiy o‘qituvchi,
amaliyotchi yoki ta’lim muassasasining rahbari uchun mos kelishi
33
.
Tashxislash quyidagi vosita va jihozlar yordamida amalga oshiriladi:
pedagogik kompetentlikka xos rivojlanish belgilarning namoyon
bo‘lishini
aniqlash maqsadida tashkil etiladigan belgilangan, tayanch (belgilarni qayd
etuvchi)
tashxislash metodikasi;
o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishi hamda u ega bo‘lgan
tayanch
kompetensiyalarga oid bir-biriga zid ma’lumotlar mavjud bo‘lganda tashkil
etiladigan chuqurlashgan (etimologik) tashxislash;
kasbiy kompetensiyalarning rivojlanish imkoniyatlarini bashoratlash hamda
tuzatuvchi (korreksion) chora-tadbirlarni aniqlash uchun kompleks darajaviy
(tipologik) baholashda foydalaniladigan metodikalar
34
.
M.E.Inkov kasbiy-pedagogik kompetensiyalarni tashxislashning tizimli
modelini taklif etgan. Uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
a) tegishli fan sohasi bo‘yicha ega bo‘lingan maxsus va kasbiy kompetentlik;
b) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish usullarini o‘zlashtirishga oid
metodik kompetentlik;
v) o‘zaro muloqot jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan
ijtimoiy-psixologik kompetentlik;
g) o‘quvchilarning o‘quv-bilish
motivlari, qobiliyatlarini aniqlashga
qaratilgan tabaqalashtirilgan-psixologik kompetentlik;
d) shaxsning individual faoliyatidagi yutuqlar va kamchiliklarni baholashga
doir autopsixologik kompetentlik
35
.
Mazkur tarkibiy tuzilmalar kasbiy-pedagogik faoliyatning quyidagi jihatlarini
tizimlashtirishga imkon beradi: axborotli-nazariy; tezkor-amaliy; tashxisli-
vaziyatli; tahliliy-yakuniy.
O‘qituvchi faoliyatini tashxislash muayyan bosqichlarda kechadi.
Har bir
bosqichda aniq vazifalar bajarilishi, ularning bajarilish holati yuzasidan hisobot
tayyorlanadi. Tashxislash vositasi xarita, sxema, shkala va hokazolar bo‘lishi
mumkin.
L.V.Grebennikovaning ishlarida o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari
sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:
tegishli o‘quv fani bo‘yicha chuqur bilimga egalik;
pedagogika, psixologiya, bolalar va yosh fiziologiyasi asoslarini bilish;
o‘qitish metodikasini o‘zlashtirganlik darajasi;
kasbiy va ilg‘or
tajribalar, metodik navatorlik, shaxsiy innovatsion
ishlanmalardan foydalanish malakasiga egalik;
33
Тот источник. – С. 33.
34
Иньков М.Е. Диагностика профессиональной компетентности учителя в условиях повышения
квалификации: Автореф....канд.пед.наук. – Ростов-на-Дону: 2009. – С. 11.
35
Тот источник. – С. 11.12.
31
shaxsiy kasbiy sifatlar (ijodkorlik, improvizatsiya qila olish, individual ijodiy
izlanish,
favqulodda
topqirlik,
kommunikativlik,
insoniylik,
demokratizm,
tashkilotchilik kabi qobiliyatlarga egalik);
ta’limning natijasi uchun mas’ullik;
hamkasblarga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lish
36
.
Dostları ilə paylaş: