32
kompyuter ishlanmalari (alohida kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazasi,
elektron darsliklar, yaxlit kompyuter kurslari, dasturiy-metodik majmualar va
hokazolar)
tashxislovchi metod va vositalar;
didaktik ta’minotni amaliyotga tatbiq etish
imkonini beruvchi tashkiliy-
pedagogik shart-sharoitlar kiradi
38
.
Pedagogik tashxislashda baholovchi vositalarni aniqlab olish ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Ular metodik vositalar jamlanmasi sifatida e’tirof etilib,
attestatsion sinov davrida mutaxassisning tayyorgarlik darajasini belgilangan
standartlarga muvofiqligi darajasini belgilashga xizmat qiladi. Tashxislovchi
vositalar
jamlanmasini quyidagilar tashkil qiladi (9-rasm):
Tashxis materiallari quyidagilarga ajratiladi:
1) yechimini bir yoki ikki harakat (urinish) bilan topish mumkin bo‘lgan
oddiy nazorat topshiriqlari (shu jumladan murakkab bo‘lmagan testlar);
2) doimiy, shuningdek, nostandart vaziyatlarda ko‘p
martalik harakat
(urinish)ni talab etuvchi majmuaviy nazorat topshiriqlari.
Oddiy nazorat topshiriqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: yopiq shakldagi
javoblarni tanlashga asoslangan oddiy test topshiriqlari; qisqa javoblar yoki oddiy
harakat (urinish)lar bilan hal qilinadigan oddiy vaziyatli topshiriqlar; matnni,
yechimni yoki qo‘l harakatlarini yodga olish asosida bajariladigan murakkab
bo‘lmagan topshiriqlar.
Oddiy nazorat topshiriqlari sodda bilim va ko‘nikmalarga egalikni tekshirish
uchun mo‘ljallanadi. Bu kabi topshiriqlardan
tashqari majmuaviy nazorat
topshiriqlari ham mavjud bo‘lib, ularnining sirasiga ochiq shakldagi; yechimni
bosqichma-bosqich topish mumkin bo‘lgan hamda javobi batafsil bayon etiladigan
testlar, individual yoki jamoa bo‘lib bajariladigan loyihalar, laboratoriya ishi yoki
trenajyor, stanok, maneken va boshqalarda amaliy harakatlarni bajarishga oid
topshiriqlarni kiritish mumkin. Majmuaviy nazorat topshiriqlari muayyan soha
38
Сарсекеева Ж.Е. Информационно-дидактическое обеспечение учебных дисциплин в вузе //
http://www.rusnauka.com/25_NPM_2009/ Pedagogica/ 51119.doc.htm.
Dostları ilə paylaş: