33
bo‘yicha bajariladigan zarur ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarning yaxlit tarzda
tekshirilishi uchun xizmat qiladi.
Muayyan
shartlarni
inobatga
olinishi
o‘qituvchilarning
kasbiy
kompetentligini tashxislash, baholashga qaratilgan pedagogik
faoliyatni samarali
tashkil etishga xizmat qiladi. Ular:
tashkiliy-tayyorgarlik ishlarini oqilona tashkil etish;
o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini tashxislash va baholashning metodik
ta’minotini yaratish;
yaratilgan metodik ta’minot asosida o‘quvchilarning tegishli bilim,
ko‘nikma, malaka va ma’naviy-axloqiy sifatlariga egaligini tashxislash va
baholash;
olingan natijalarga ko‘ra metodik ta’minotning amaliyotga
mosligini tahliliy
o‘rganish;
pedagogik amaliyotning mavjud holatidan kelib chiqqan holda metodik
ta’minotni innovatsion xarakterdagi nazariy material, vosita va texnologiyalar bilan
boyitish.
Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik voqelikni diagnostik tadqiq qilishda
ustuvor tamoyillari, pedagogik tashxislash darajalari
hamda bosqichlaridan
yetarlicha xabardor bo‘lishi tegishli jarayonni samarali tashkil etilishini
ta’minlaydi. Pedagogik faoliyatni tashxislash afaqat o‘qituvchining kasbiy
kompetentlik
sifatlariga egaligi, shu bilan birga uning pedagogik faoliyatni
tashxislashning metodik jihatlaridan xabardorli hamda pedagogik diagnostikani
metodik jihatdan to‘g‘ri, oqilona tashkil etishga tayyorligi to‘g‘risi bir to‘xtamga
kelishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: