41
Pedagogik
diagnostikada
tashxislovchi
vosita
sifatida
anketadan
foydalaniladi.
Anketa – og‘zaki yoki yozma ravishda dastlabki ijtimoiy va ijtimoiy-
pedagogik ma’lumotlarni olishda qo‘llaniladigan metodik vosita, so‘rov
vositasi.
Mazkur metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan
dalillar boyitiladi. Muloqot tizimli savollar asosida tashkil etiladi. Savollarga
javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan
jarayon mohiyatidan
kelib chiqqan holda anketalar quyidagicha bo‘ladi:
1) ochiq savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan
savollar)ga ega anketa;
2) yopiq savollar (“ha”, “yo‘q”, “ijobiy”, “salbiy”
va hokazo javob
variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar)ga ega anketa.
Anketa metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi:
savollar muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;
savollar yirik hajmli va noaniq bo‘lmasligi kerak;
savollar o‘quvchilarning dunyoqarashi, yosh,
psixologik xususiyatlarini
inobatga olish asosida tuzilishi zarur;
javoblar to‘liq bo‘lishi uchun yetarlicha vaqt ajratilishi kerak;
anketa o‘quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish
manbaiga aylanmasligi zarur;
javoblar muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart
43
.
Dostları ilə paylaş: