Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

VII. Shkalalash. 
Pedagogik diagnostikada o‘lchashning shkalalash turidan 
ham samarali foydalaniladi.
 
Shkala – muayyan raqamli tizimga ularni joylashtirish yo‘li bilan 
ob’ektlar xususiyatlarini o‘lchash natijalarini qayd qilish vositasi bo‘lib, 
bunda alohida natijalar o‘rtasidagi munosabat tegishli raqamlarda 
ifodalanadi
54
.
Tartiblash jarayonida kuzatilgan natijaning shkaladagi mavjud holatiga ko‘ra 
har bir tanlangan elementiga muvofiqlik asosida ball (shkalali indeks) beriladi. 
Shkalalash – boshlang‘ich amaliy natijalarni shkalali baholashga 
o‘tkazish yo‘li bilan tartiblashga qaratilgan harakat.
O‘z mohiyatiga ko‘ra shkala kuzatilayotgan hodisani tartibga tushirish 
imkonini beradiki, bunda ularning har biri miqdoriy baho (ko‘rsatkich)larga ega 
bo‘ladi. Shkalalash tadqiq etilayotgan hodisaning quyi va yuqori pog‘onalarini 
aniqlashga imkon beradi. 
Masalan, o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini tadqiq 
qilishning muayyan chegaralari “qiziqishi juda kuchli” hamda “qiziqishi juda past” 
oralig‘ida belgilanadi. Ushbu chegaralar orasida bir qator pog‘onalar belgilanadi. 
Natijada o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlari quyidagi tarzda 
pog‘onalanadi:
qiziqishi juda kuchli (1); 
qiziqishi kuchli (2); 
qiziqishi o‘rtacha (3); 
qiziqishi past (4); 
qiziqishi juda past (5).
Shkalaning chetki hududlari (chegaralari)ni favqulotda belgilay olish ham 
tavsiya qilinadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarda S.Stivenson tomonidan taklif qilingan 
shkalalar tasnifidan foydalaniladi. Ushbu tasnif turli tartibga ko‘ra bog‘langan 
to‘rtta asosiy o‘lchash usuli: yaxlit (nominal), tartibli, intervalli va munosabatlar 
shkalasiga tayanadi. Mazkur usullar umumiy holda
o‘lchov shkalalari
deb 
nomlanadi (12-rasm): 
54
Челышкова М.Б. Теория и практика конструирования педагогических тестов. – М.: Педагогика, 
2001. – С. 359.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin