2.2. Guruhlashli shkala (muayyan guruhlar bo‘yicha darajalarga
ajratuvchi
shkala).
O‘lchanayotgan belgi darajasiga ko‘ra bir-biridan
farqlanadigan bir nechta holatlar kuzatiladi. Barcha ob’ektlarning jamlanmasini
guruhlashtirishda ana shu holatlar inobatga olinadi. Masalan: sinf o‘quvchilarining
bilim, ko‘nikma va malakalarini 5 balli tizim (baholi tizim)da baholashda ular
“a’lochi o‘quvchilar”, “yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar”, “yomon o‘qiydigan
o‘quvchilar” kabi guruhlanadi.
13-rasm. Tartibni ifodalovchi (darajali) shkalalarning turlari
Asosiy turlari
Darajalash (qatorlar
bo‘yicha
ajratish)
Guruhlashtirish (muayyan guruhlar
bo‘yicha darajalarga ajratish)
Juftlik asosida
o‘zaro taqqoslash
Reyting tizimi
bo‘yicha baholash
Qarama-qarshi tomonlar
(qutblar, musbat (+) va manfiy (–)ga
ajratish orqali ifodalash
Intervalli chkala
(intervalli o’lchash)
55
2.3. Juftlikni taqqoslovchi shkala.
Bunda ikki nafar o‘quvchi qandaydir sifat
bo‘yicha bir-biri bilan taqqoslanadi. Agarda ularning muayyan sifati bir xil bo‘lsa,
u holda har bir o‘quvchiga 1 balldan beriladi. Bordi-yu, o‘quvchilarning birida
o‘rganilayotgan sifat yuqori bo‘lsa, u holda u 2 ball oladi, sherigiga ball
berilmaydi. Har bir o‘quvchi tomonidan to‘plagan ballarni jamlash orqali ularda
muayyan sifatning rivojlanganlik darajasi miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
2.4. Reytingga asoslanuvchi shkala.
Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda nisbatan yangi tizim – reyting
tizimi keng ommalashdi.
Reyting (ingl. “baholash”, “tartibga keltirish”) – muayyan hodisani
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash
.
Mazkur tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va
shakli hisoblanadi. Reyting nazoratda test usulidan ham samarali foydalanilmoqda.
Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning BKMni aniqlash, balki 1993 yildan
boshlab O‘zRda abiturientlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Reyting tizimi ham muayyan afzalliklarga ega. Ular:
baholash imkoniyatlarini kengaytirish;
o‘quvchilar bilimini ob’ektiv aniqlash;
ta’limni standartlashtirishni ta’minlash;
DTSda ko‘zda tutilib, o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy BKMni to‘la
o‘zlashtirilishini ta’minlash;
o‘quvchilarda mustaqil bilim olish, erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratish, kamchiliklarni
bartaraf etish
55
.
O‘quvchilarning BKM darajasi quyidagi mezonlarga muvofiq baholanadi:
“5” baho (85-100 ball) qo‘yiladi, agar: a) materialni to‘liq o‘zlashtirilsa; b)
mavzu bo‘yicha asosiy ma’lumotlar mohiyati ochib berilsa; v) egallangan bilimlar
amalda qo‘llansa; g) mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga qo‘l
qo‘ymasdan, ma’lumotlar tushuntirib berilsa.
“4” baho (71-84 ball) qo‘yiladi, agar: a) mavzu mohiyati yoritilsa; b)
savollarga qiynalmasdan javob qaytarilsa; v) egallangan bilimlar amaliyotda
qo‘llanilsa; g) og‘zaki javob berishda xatolarga yo‘l qo‘yilmay, qo‘shimcha
savollar bilan xatolar to‘g‘rilansa, yozma ishda biroz xatoga yo‘l qo‘yilsa;
“3” baho (55-70 ball) qo‘yiladi, agar: a) mavzu o‘zlashtirilgan, lekin mustaqil
tushuntirish berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezilsa; b)
savollarning mantiqiy tuzilishi o‘zgartirilib berilganda, javob berishga qiynalilsa;
v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
“2” baho (0-54 ball) qo‘yiladi, agar: mavzu haqida tushunchaga ega bo‘lgani
holda uni o‘zlashtirmasa, yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa.
55
Педагогика / Нопедагогик ОТМ учун мўлжалланган дарслик. У.И.Иноятов,
Н.А.Муслимов, Д.И.Рўзиева, М.Ҳ.Усмонбоева. – Т.: “Фан” нашриёти, 2012. – 133-б.
|