2. Joriy nazorat. Bu turdagi nazoratning maqsadi – ta’lim jarayonining
borishini kuzatishdan iborat. Uni amalga oshirish o‘qituvchiga o‘quv jarayonida
ko‘zga tashlanayotgan kamchilik va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish
hamda zarur yo‘nalishda qayta qurish uchun ular to‘g‘risidagi tezkor axborot
(ma’lumot)larni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Joriy nazorat to‘lig‘icha dianostik
xarakter kasb etadi.
3. Yakuniy nazorat. Odatda bu turdagi nazorat – bosqichli, chegaraviy hamda
yakuniy kabi uch turga ajratiladi. Yakuniy nazorat o‘quvchilarning ta’limiy
yutuqlarini baholash maqsadida tashkil etilgan muayyan bosqich, ma’lum bo‘lim
yoki o‘quv yilining oxirida tashkil etiladi. O‘quvchi tomonidan og‘zaki yoki
yozma shaklda tashkil qilingan imtihon yoki sinovlar hamda test natijalarini qayd
etish yakuniy nazoratning shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Yakuniy nazorat natijalarini taqqoslash va taxmin qilish (bashoratlash)
o‘qituvchiga kelgusida sho‘ ishini yaxshilash, samaradorligini oshirish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Bordi-yu, yakuniy nazoratda qo‘lga kiritilgan
axborotlar ko‘zlangan maqsadga muvofiq kelmasa, u holda tahlil ma’lumotlari
o‘quvchilarni kasbga, mutaqil hayotga tayyorlashdagi muammolarni aniqlash,
shuningdek, o‘quv jarayonini korreksiyalash bo‘yicha boshqaruv harakatlarini
amalga oshirish imkonini beradi.
Xarakterli jihatlariga ko‘ra yakuniy nazorat ichki va tashqi nazorat kabi
guruhlarga ajratiladi. Ichki yakuniy nazorat umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshqaruvi, masalan, Davlat attestatsiyasi yoki imtihon, davlat imtihonidan
tashqari vaqtlarda o‘tkaziladi.
Asosiy turlari Boshlang‘ich nazorat
Joriy nazorat
Yakuniy nazorat
14-rasm. Pedagogik nazorat turlari