66
Pedagogik nazorat quyidagi ustuvor tamoyillarga muvofiq tashkil qilinadi (17-
rasm):
1. Ilmiylik va samaradorlik tamoyili.
Pedagogik nazorat ilmiy asosga ega
g‘oyalar (tamoyillar,
metodlar, vositalar, texnologiyalar)
yordamida tashkil
etilsagina uning samaradorligini tasdiqlovchi natijalar haqqoniy sanaladi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonida nazorat ishlarini tashkil etishning
konseptual (konsepsiya, rahbariy g‘oyalarning mavjudligi) asoslari (etakchi
g‘oyalari,
tamoyillari, mexanizmi, mazmuni,
metodikasi, texnologiyasi va
mezonlari) ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma,
malakalari
darajasini o‘rganish, tahlil qilish va baholash ham o‘zining sifat mezonlariga ega.
Pedagogik nazoratni tashkil etishda ilmiylik tashxislash yoki tadqiqot
ma’lumotlarining ishonchlilik mezoniga ko‘ra tasdiqlangan to‘g‘riligi,
asoslanganligi,
shuningdek, haqqoniylik mezoni bo‘yicha tahlil qilingan
belgilangan o‘lchov birliklariga mosligi inobatga olinadi.
2. Ierarxik tuzilmagan egalik tamoyili.
Mazkur tamoyil pedagogik nazorat
shakllarini tanlashda bilim, ko‘nikma va malakalarning ierarxiyasini shakllantirish
zaruriyatini tasdiqlaydi. Ma’lumki, o‘qituvchining bir o‘zi o‘quvchilar
tomonidan
tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining barcha qirralarini birdek qamrab olgan
holda tekshirish va nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Shu sababli umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida yuqori rahbarlik organlari tomonidan tasdiqlangan hamda
ierarxiyaga asoslangan nazorat jarayoni tashkil etiladi.
Pedagogik nazorat
ierarxiyasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini tekshirish va baholash
jarayonida bir qancha sub’ektlarning ishtirok etishini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: