86
Shaxs (o‘quvchi)ning aqliy rivojlanish darajasi – shaxs fikrlash qobiliyati,
tafakkuri, intellektual salohiyatining muayyan pog‘onasi, holati.
Uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim sifatini tahlil qilish va
baholashda ta’lim oluvchining aqliy rivojlanish darajasi tashxislanadi. Odatda
ta’lim tizimida shaxsning aqliy rivojlanish darajasi o‘quvchi tomonidan o‘quv
fanlarini o‘zlashtirish, turli murakkablikdagi savollarga javob topish, topshiriqlarni
bajarish, muammoli vaziyatlarning yechimini hal qilishdagi layoqati, imkoniyati
bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: