Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

“Aqliy hujum” metodi.
Mazkur metod Aleks Osborn tomonidan 
asoslangan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi shaxsda yangi, ko‘plab g‘oyalar ishlab 
chiqish, ularni tanqidiy tahlil qilish malakasini shakllantirishdan iborat. 
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi, yechim 
yuzasidan o‘z taklifini ilgari suradi. Qolganlar bildirilgan fikrni to‘ldiradi va 
rivojlantiradi. O‘quvchilar tomonidan bildiriladigan hech bir fikr tanqid 
qilinmaydi. Barcha o‘quvchilar muammoning yechimi yuzasidan o‘z taklifini 
bildirgandan so‘nggina ular umumiy holda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri, samarali 
yechim tanlanadi
79

2. “Tasodifiy assosiatsiyalar” metodi
80
. Pedagogik tashxislash 
jarayonida “Tasodifiy assosiatsiyalar” metodidan quyidagicha foydalaniladi:
1-bosqich. Har bir o‘quvchi o‘zi istagan kitob (u lug‘at, badiiy adabiyot, turli
sohalarga oid qiziqarli jurnal)ni qo‘lga olib, uning sahifalarini tasodifiy ochadi. 
76
Алибоев Т.Ч. Инновацион таълим муҳитида ўқувчиларда креативлик сифатларини ривожлантириш 
технологияларини такомиллаштириш (“Технология” фани мисолида): пед.фанл. бўйича фалс.докт. 
(PhD)... дис. автореф. – Жиззах: 2021. – 12-13-б.
77
Что такое креативность // http://www.xapaktep.net/virtues/science/ creativeness/desc.php.
78
Simpson Ray M. Creative Imagination // 
https://www.jstor.org/stable/1414133?origin=crossref&seq= 
2#metadata_info_tab_contents
.
79
Методики развития креативности // http://moluch.ru/rules/?utm_ source= selfad&utm_medium= 
popup &utm_campaign=archive.
80
8 способов развить креативное мышление // https://style.rbc.ru/ beauty/ 5c34bf629a7947c6fce1afdd. 


91
2-bosqich. Ochilgan sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich 
barmoq ixtiyoriy so‘zning ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi.
3-bosqich. Bu harakat yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z 
aniqlanadi.
4-bosqich. Aniqlangan har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va 
u asosida orginal hikoya to‘qiladi. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin