104
Shaxsni tarbiyalash (yoki shaxsning tarbiyalanish) jarayoni umr bo‘yi davom
etadi. Ammo, shaxsni tarbiyalashda “qiyin o‘tish davri” hisoblanadigan o‘smirlik
davri alohida o‘rin tutadi. Aynan shu yosh davrida o‘quvchi shaxsida hayotiy
maqsadlar, intilishlar, ijtimoiy qarashlar shakllanadi.
O‘smirlikning “qiyin yosh davri” bo‘lishi o‘quvchi
organizmida kechadigan
keskin fiziologik o‘zgarishlar va uning shaxsga psixologik ta’siri bilan bog‘liq.
Shu sababli oilada, ta’lim muassasalarida o‘smir bilan ishlashga yanada jiddiy
yondashishga e’tibor qaratiladi. Bunda o‘quvchi shaxsi, uning xatti-harakatlari va
faoliyatiga nisbatan oqilona pedagogik talablarni qo‘yish, ularning izchil bo‘lishiga
erishish muhim ahamiyatga ega. Har qanday pedagogik
talab keskin taqiqlar va
cheklovlardan xolis bo‘lishi lozim. Qolaversa, imkon qadar uning qo‘yilayotgan
talabning o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi borasida fikrini bilish muhim.
O‘quvchining fikri, o‘qituvchi, ota-onalar va mutaxassislarning yondashuvlari
o‘zaro qiyosiy o‘rganilgan holda tarbiyaviy faoliyat rejalashtirilishi zarur. Tarbiya
jarayonida imkon qadar har bir o‘quvchi uchun individual yondashuv bo‘lishi
kerak. Zero, o‘quvchilar turlicha psixologik xarakter, fizologik imkoniyat (ayniqsa,
mehnat ko‘nikma, malakalarini shakllantirishda inobatga olinadi), hayotiy
maqsadlar, muayyan darajada ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaga ega.
Pedagogik diagnostika yordamida o‘quvchi
shaxsning tarbiyalanganlik
darajasiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab
chiqish, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaning dinamik o‘sishini kuzatib
borishga yordam beradi. Boshlang‘ich nazorat yordamida qo‘lga kiritilgan
o‘quvchining rivojlanganlik darajasiga oid ma’lumotlar pedagogik diagnostikada
orqaliq va yakuniy
nazorat muddatlarini belgilash, tarbiyalovchilik faoliyatini
rejalashtirish hamda tarbiya jarayonini izchil kuzatib borish uchun imkoniyat
yaratadi.
Ta’lim jarayonida bo‘lgani kabi tarbiyada ham yakuniy nazorat natijalari
boshlang‘ich nazoratning natijalari bilan o‘zaro taqqoslanadi. Ular o‘rtasidagi farq
tarbiyaviy faoliyat samaradorligini belgilashga xizmat qiladi.
O‘quvchining tarbiyasini tashkil etayotgan o‘qituvchi, eng avvalo, tarbiya va
ta’lim maqsadlarini ajratib olishi zarur. Tarbiya jarayonida o‘quvchini intellektual
rivojlantirish asosiy maqsadga aylanmasligi kerak. Zero, agar to‘g‘rirejalashtirilsa
va
oqilona tashkil etilsa, o‘quvchini intellektual rivojlantirish ta’lim jarayonida
ta’milanadi. Eng muhimi, tarbiya jarayonida o‘quvchining yosh va psixologik
xususiyatlarini, fiziologik-jismoniy imkoniyatlarini inobatga olishdir.
Tarbiya jarayonida tarbiyalovchi vaziyatlardan
foydalanish kutilgan
natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: