105
Tarbiyalovchi vaziyat – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro
muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida
turli qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat
.
Tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra tarbiyalovchi vaziyatlarning asosiy elementlari
quyidagilardan iborat: tarbiyaviy maqsadlar; tarbiyaviy ta’sir ob’ektlari; pedagogik
jarayonni harakatga keltiruvchi va uning yechimini topishda asosiy rolni
o‘ynaydigan tarbiyaviy ta’sir sub’ektlari.T
Tarbiyalovchi vaziyatlar turli mazmunga ega bo‘ladi. Ular o‘rtasida
o‘zaro
muloqotga kirishayotgan o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro hamkorligi asosida
yuzaga keladigan holat eng universal sanaladi. Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib
o‘tish joizki, o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning yuzaga kelishiga ishtirokchi
taraflarning barchasi u yoki bu darajada o‘z hissalarini qo‘shadi.
Odatda tarbiyalovchi vaziyat shaxsni o‘qitish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan
jarayonining o‘lchov birligi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, u o‘qituvchi va
o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlarini baholash, aniq sharoitlarda yuzaga kelgan
muammoning yechimini topishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim muassasalarida yuzaga kelgan bir muammo o‘qituvchi, o‘quvchilar
yoki alohida o‘quvchining faoliyatida turlicha ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi
yoki o‘quvchi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan masala tashkiliy shakliga ko‘ra,
biror bir shaxsning ta’siri bilan esa ichki mohiyatiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Shu
bilan birga ta’lim jarayonining ishtirokchilaridan biri masalaning mohiyatini,
g‘oyasini o‘zgartirganda mazmunan o‘zgaradi. Masala mohiyatining o‘zgarishi
natijasida yangi vaziyat yuzaga kelib, rivojlanib boradi.
Garchi tarbiyalovchi vaziyatlar turlicha bo‘lsa-da, ularning xarakteri,
murakkablik darajasiga ko‘ra muayyan guruhlarga ajratish mumkin (18-rasm):
Odatda o‘qituvchi-talaba; o‘qituvchi-talabalarning kichik guruhi; o‘qituvchi-
talabalar jamoasi; o‘qituvchilar-talabalar; o‘qituvchi(lar) – talaba(lar) – uchinchi
shaxs tarbiyalovchi vaziyatlarning ishtirokchilari bo‘ladi.
Pedagogik jarayonda yuzaga kelgan vaziyatda o‘qituvchi va o‘quvchilarning
o‘zaro harakatlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
Dostları ilə paylaş: