1. Motivatsiya (faoliyatga o‘zini tayyorlash) bosqichi. O‘qituvchi
o‘quvchilarda berilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga bo‘lgan intilish, o‘zini
mazkur vaziyatning hokimi deb his qilish, qiyinchiliklarni yengib o‘tish istaklarini
shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bir so‘z bilan aytganda
muvaffaqiyatga erishish sabablarini shakllantiradi.
Muvaffaqiyatga erishish sababi (motivi)ni shakllantirib, o‘qituvchi ularning
turli variantlarini taklif etishga haqlidir: barcha ish va masalalarni mustaqil
bajarishga intilish, tengdoshlari oldida uz maqomini ko‘tarish, birinchi bo‘lish, o‘z
faoliyatini boshqalarga foydali jihatlari nuqtai nazaridan ko‘ra bilish, boshqalar
bilan faol muloqotga kirishish va h.k.
Oqibatda, motivatsion bosqichda o‘qituvchi talabalardagi hissiyotlarni
uyg‘otish va faollashtirish uchun ma’lum bir vaziyatlarni tashkil kiladi. Shuni aytib
o‘tish kerakki, motivatsion soha bilan bog‘liq muvaffaqiyatli vaziyat mazkur
bosqichda psixologik jihatlar bilan aniqlanadi. Keyingi bosqichlarda yuzaga
keluvchi vaziyatlardan ham asosiy farqi ana shunda.
2. Tashkillashtirish (yoki faoliyatni ta’minlash) bosqichi . O‘qituvchining
vazifasi – o‘quvchilarning individual qobiliyatlari, bajarilayotgan ish ularga
quvonch va rohat olib kelishi holatlarini inobatga olgan holda topshiriqlar
berishdir. Bosqichda ba’zi o‘quvchialarda shunday davr boshlanadiki, unda
faoliyatga nisbatan salbiy munosabat kuzatiladi, ularni bajarishga bo‘lgan qiziqish
yo‘qoladi. O‘quvchilarda ishni bajarish majburiyati susayadi, qolaversa, ijtimoiy
topshiriqlarni bajarish uchun yetarli sharoit bo‘lmaydi.
Psixologiya va pedagogikada muvaffaqiyatsiz vaziyatni shakllantiruvchi
shart-sharoitlar sifatida quyidagi to‘rt jihat e’tirof etiladi: qobiliyatning
yetishmovchiligi; masalaning murakkabligi; muvafaqqiyatning yo‘qligi; irodaning
sustligi.
O‘qituvchi o‘quvchining qobiliyatlariga mos ravishda vazifalarni tanlay olishi
muhim.
Bosqichlari Motivatsiya (faoliyatga o‘zini
tayyorlash) bosqichi
Tashkillashtirish (yoki
faoliyatni ta’minlash) bosqichi