111
2. Agar kimdir ustimdan kulsa, men ...
3. Agar tadbirda ishtirok etmoqchi bo‘lsam, men ...
4. Gapimni bo‘lishganda, men ...
5. Sinfdoshlarim bilan muloqot qilishni xohlamaganimda, men ...
Sharh:
Birinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida befarqlik, tajovuzkorlik, beparvolik
bo‘lsa – javobi salbiy; o‘zaro yordam, hamdardlik to‘yg‘usi bo‘lsa, u holda javobi
– ijobiy
Ikkinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida tajovuzkorlik, psixologik bosimning turli
usullari bo‘lsa, u holda javobi salbiy; ta’sirlanmaslik, vaziyatdan o‘zini olib
qochish, his-tuyg‘u, kechinmalarni ifodalashda qo‘pollik, tajovuzning bo‘lmasligi
kuzatilsa, uholda – javobi – ijobiy.
Uchinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida psixologik bosim, tajovuzkorlik,
ayyorlik kuzatilsa, u holda javobi salbiy; munosabatlarda teng huquqli bo‘lish,
ochiqlikni yoqlasa, u holda javobi – ijobiy.
To‘rtinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida keskin ta’sirlanish, tajovuzkorlik,
achchiqlanish, tahdid, psixologik bosim kuzatilsa, u holda javobi salbiy; xohish-
istak, fikr, his-tuyg‘ular, munosabatining tajovuzkorlik hamda qo‘pollikdan holi
bo‘lishi, u holda javobi – ijobiy.
Beshinchi savol bo‘yicha: o‘quvchida qo‘pollik, tajovuzkorlik, odobsizlik
kuzatilsa, u holda javobi salbiy; xushmuomalalilik, muloyimlik, o‘z xohishlarini
tushunarli bayon qilsa, u holda javobi – ijobiy.
Dostları ilə paylaş: