116
15. Totalitar tuzum davrida fuqarolar ongida “moddiy boylikka erishish
kapitalistik tuzum sarqiti, axloqli shaxs boylikka ro‘ju qo‘ymaydi” degan
munosabat qaror toptirilgan edi. Siz qanday fikrdasiz, mazkur munosabatni saqlab
qolish kerakmi yoki o‘zgartirish lozimmi?
16. Tasavvur qiling, Sizga juda katta miqdorda moddiy mablag‘ni qo‘lga
kiritish mumkin bo‘lgan ish taklif qilinmoqda. Biroq, bu ishning bajarilishi Sizga
foyda keltirsa-da, jamiyatga zarar yetkazishi mumkin. Bunday vaziyatda qanday
yo‘l tutasiz?
17. Hadislarda ko‘rsatilishicha, inson har bir so‘zi uchun zakot (mol-mulk va
daromadning 40/1 miqdorida beva-bechoraga beriladigan xayr-sadaqa) to‘lashi
zarur. Buni yoddan chiqarmagan holda “Men xudbinlar, manfaatparastlar, o‘z
xalqiga, Vataniga xiyonat qiluvchilar toifasidan emasman”, deya olasizmi?
18. Yaponiyaliklar uchun mamlakat manfaati fuqarolarning shaxsiy
manfaatidan yuqori qo‘yiladi. Agarda yaponiyalik tadbirkorga millionlab foyda
keltiradigan loyiha taklif etsangiz, agarda bu loyiha uning o‘zi uchun foyda
keltirib, davlat rivojiga zarar keltirsa, u bu loyihadan so‘zsiz voz kechadi.
Sizningcha, O‘zbekiston fuqarolarining yaponiyalik bo‘lishi uchun tarbiyani
qanday tashkil etish zarur?
Dostları ilə paylaş: