120
faoliyat asosida tashkil etiluvchi ularni muayyan kasbga tayyorlash
jarayoni
104
.
O‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini tashxislash – tashxis
metodlari yordamida o‘quvchilarning u yoki bu kasb, hunar asoslarini
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, qobiliyat darajasini aniqlash.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish – ularning qiziqish, qobiliyatini
aniqlash orqali
ongli ravishda kasb yoki hunar yo‘nalishlarini
tanlashiga ko‘maklashish va harakatlarini tegishli yo‘nalishga solish.
Shaxsda muayyan kasb yoki hunar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni
samarali o‘zlashtirilishi kasbga tayyorlash jarayoni asosida ta’minlanadi.
II.
O‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislash: maqsadi,
vazifalari.
Pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan
o‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislash ham aniq maqsad asosida tashkil
etiladi.
O‘quvchilarni kasbga yo‘nalganligini tashxislashdan ko‘zlangan maqsad -
ularning qiziqish, qobiliyatini
aniqlash orqali
ongli ravishda kasb yoki hunar
yo‘nalishlarini tanlashiga ko‘maklashish hamda ta’limning keyingi bosqichlarida
o‘qishni davom ettirish yuzasidan o‘quvchilar, uning ota-onalarga tavsiyalar
psixologik-pedagogik tavsiya, maslahat berish.
Bu yo‘nalishda tashxislashni amalga oshirish jarayonida quyidagi vazifalar
hal qilinadi:
o‘quvchilarga
turli kasblar, ixtisosliklar, mansab lavozimlari, tanlangan
kasbni, ixtisoslikni egallash mumkin bo‘lgan ta’lim muassasalari hamda kasbning
insonga, uning jismoniy, psixologik
va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga
qo‘yadigan talablari haqida ma’lumotlar berish;
o‘quvchilarning bilish (o‘quv predmetlariga, fanga) va kasbiy (kasblarga,
mutaxassisliklarga) qiziqishlarini, kasb tanlash motivlari va kasbiy rejalarini
aniqlash hamda baholash;
o‘quvchilarga ularning individual xususiyatlari va
mehnat bozori talablarini,
ta’lim olish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini hisobga olgan holda
kasb va ta’lim muassasasini tanlashga ko‘maklashish;
o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini, kasblarga qiziqish, mehnatsevarlik,
ishchanlik va mas’uliyatni shakllantirish hamda rivojlantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonida quyidagi tamoyillar ustuvor
ahamiyat kasb etadi: kasb-hunarga yo‘naltirish xizmatlarining tizimli-majmuaviy
xarakterdaligi; iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish
va istiqbolni
belgilash orqali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashuvi; shaxsni kasb-
hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va
vrsitalarining
ilmiy asoslanganligi; O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim
bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va
diniy dunyoqarashidan qat’iy nazar kasb-qunarga yo‘naltirish xizmatlaridan
foydalanishga teng huquqliligi; kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga
104
Профессиональная ориентация молодёжи / А.Д.Сазонов и др. – М.: Высшая школа. 1990. – С. 49-50.
121
joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilariga psixologik-pedagogik va kasb-
hunarga yo‘naltirish xizmatlarini ko‘rsatishning majburiyligi va bepulligi,
aholining boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan
kasbiy tashxis va
maslahat berishning ixtiyoriyligi; kasbiy tanlov, tashxis va maslahat xulosalarining
ob’ektivligi, maxfiyligi va tavsiyaviy xarakterda ekanligi
105
.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning kasbga yo‘nalganligini
tashxislashda
quyidagi talablar inobatga olinishi zarur: o‘quvchining kasbiy
faoliyatni tashkil etishga ruhiy tayyorligi, aniq maqsadga egaligi, ish o‘rnini to‘g‘ri
tashkil etish malakasiga egaligi, ish vaqtidan unumli foydalana olish zarurligini
tushunishi, xavfsiz va qulay mehnat sharoitlariga ega bo‘lishga harakat qilishi, ish
qurollariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, xavfsizlik qoidalari (xususan, yong‘in va
halokatlarning oldini olish, turli xildagi
jarahotlanishlardan saqlanish, ma’lum
kasbiy faoliyatni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan ko‘rsatmalar)ga
og‘ishmay rioya etishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kasbga yo‘naltirishga faratilgan faoliyatni
tashkil qilishda o‘quvchilarini quyidagi sohalar bilan yaqindan tanishtirish orqali
ularda dastlabki kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga
muvofiq sanaladi (2-jadval):
Dostları ilə paylaş: