156
tashxis natijalariga ko‘ra oila tarbiyasi samaradorligini oshirish choralarini
belgilash pedagogik diagnostika oldida turgan muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxislash – uning farzandlarni har jihatdan
sog‘lom qilib tarbiyalovchi omillar, sharoitlar, xususan, sog‘lom muhit
va sog‘lom turmush tarzi ega bo‘lish hamda farzandlarni oilaviy hayotga
samarali tayyorlashdagi kuch-quvvati, qobiliyatini o‘rganish, tahlil
qilish va baholash.
Farzandlarning jismoniy, ruhiy va ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo‘lib
kamol topishlarida oilaning iqtisodiy ta’minlanganligi, ota-onalar hamda oilada
yashovchi keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligi, oila a’zolarining o‘zaro va
atrofdagilar (qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar, hamkasblar, tengdoshlar) bilan
o‘zaro samimiy munosabati, ota-onalarning o‘z farzandlarining hayotiy intilishlari,
xohish-istaklarini tushuna olishi, shuningdek, ularning muayyan qobiliyatga
egaliklarini o‘z vaqtida anglashi, oilada mehnat taqsimotining to‘g‘ri, oqilona
tashkil etilganligi, ota-onalar va keksa avlod vakillarining farzandlarga teng
huquqlilik asosida munosabatda bo‘lishi, yoshligidan farzandlarni oilaviy hayotga
har tomonlama tayyorlay olishi, ularda oila xo‘jaligini yuritish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratishi muhim ahamiyatga ega.
O‘z mohiyatiga ko‘ra oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari tashxislash quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi (25-rasm):
Farzandlarni tarbiyalashda oilada sog‘lom psixologik muhitning qaror
topganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom psixologik muhit mavjud bo‘lgan
oila odatda “sog‘lom oila” deb nomlanadi.
Sog‘lom oila – oila a’zolari axloqiy e’tiqod, sog‘lom turmush tarzi
ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, psixologik jihatdan bir-birini tushunadigan
va
o‘zaro qo‘llab-quvvatlaydigan, moddiy jihatdan yetarlicha
ta’minlangan oila.
Oilaning sog‘lomligi – uning ijtimoiy ko‘rsatkichi bo‘lib, jamiyat,
mahalladagi o‘rni, mavqeini ham belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: