Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

5. O‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish tamoyili.
Bu tamoyil 
har bir o‘quvchining ichki imkoniyatlarini aniqlash asosida pedagogik tuzatish 
ishlarini rejalashtirish, amalga oshirish lozimligini belgilab beradi. Tamoyilning 
mohiyatiga ko‘ra o‘quvchilar bilan psixologik-pedagogik tuzatish olib boriladigan 
o‘quvchilarga “ikkinchi toifali o‘quvchilar” singari munosabatda bo‘lmaslik kerak. 
Shundagina ularda kuzatilayotgan “ta’limiy og‘ish”ni bartaraf qilish mumkin.
6. “Yuqoridan pastgacha” tuzatish tamoyili (L.S.Vыgotskiy). 
O‘qituvchi va 
psixologning diqqati o‘quvchining “ertangi rivojlanishi”ga qaratilishi lozim. Shunga 
ko‘ra, bordi-yu, pedagogk tuzatishning maqsadi “pastdan” boshlangan, ya’ni, quyi 
ko‘rsatkichlarga tayanilgan bo‘lsa, u holda uning mazmunini o‘quvchilarning 
“keyingi rivojlanish hududi”ni shakllantirish tashkil qiladi. O‘quvchi tomonidan 
erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash uning keyingi rivojlanish hududini 
“yuqoridan pastgacha” tamoyili bo‘yicha tuzatish maqsadga muvofiqligini 
ifodalaydi
123

Korreksion faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 
o‘quvchini ijtimoiy muhitga moslashtirish (ayniqsa, bolalar bog‘chalariga 
qatnamay, uy sharoitida tarbiyalanganlarni, chunki ularning aksariyati odamovi 
bo‘lib, ijtimoiy muloqotga kirishga qiynaladi); 
o‘quvchini ta’lim jarayoniga moslashtirish;
o‘quvchida ijtimoiy faollikni rivojlantirish; 
o‘zlashtira olmaslik sabablarini aniqlash va ularni bartaraf qilish;
o‘quvchida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; 
o‘quvchining nutqidagi nuqsonlarni bartaraf qilish, nutq boyligini oshirish; 
o‘quvchining xulqidagi kamchiliklar (tajovuzkorlik, yuqori darajadagi 
ta’sirchanlik, tushkunlikka beriluvchanlik, hissiyotni sust namoyish qilish, salbiy 
odatlar – tamaki mahsulotlarini chekish, giyohvand moddalar yoki spirtli 
ichimliklarni iste’mol qilish, jinoyatga moyillik kabilar)ni tuzatish; 
o‘quvchi mansub bo‘lgan oiladgi nosog‘lom muhitni bartaraf qilish va oilaga 
ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralarini belgilash. 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin