173
tuzatish).
Pedagogik tuzatish
o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan ma’lum
xususiyat (xossa, jarayon, holat)larni sinfda yoki darsdan
tashqari sharoilarda
pedagogik ta’sir ko‘rsatish orqali to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga qaratilgan
pedagogik faoliyat tizimi sifatida e’tirof qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘zlashtira olmaslik” tushunchasi
negizida ikki holat:
o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik tushuniladi.
Har ikki holat ham bevosita korreksiyalash (pedagogik tuzatish)ga qaratilgan
maqsadli pedagogik faoliyatning tashkil etilishini taqozo qiladi.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslik
–
o‘quvchi tomonidan qayd etilgan
natijalarning ta’lim, didaktik hamda DTS talablariga mos kelmasligi.
Odatda fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash,
tahlil
qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni
og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi.
O‘quvchining doimiy ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi bir qator
omillarga bog‘liq. Xususan:
pedagogik nazoratning sustligi;
pedagogning o‘quvchi bilan individual ishlash tajribasining yetishmasligi;
pedagogning kasbiy kompetentligining pastligi;
o‘quvchiga, uning faoliyatiga nisbatan adolatsiz yondashuv;
ota-onalarning pedagogik madaniyat, psixologik bilimlarga ega emasligi;
o‘quvchida muayyan kasallik (masalan, organizmda yod moddasining
yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘qoq
kasalligi, kalsiy moddasining yetishmasligi
tufayli kelib chiqadigan suyak kasalliklari, temir moddasining yetishmasligi bilan
bog‘liq kamqonlik, miyaning yengil darajada jarohatlanganligi, nimjonlik va
hokazolar)ning mavjudligi;
o‘quvchilar jamoasining nosog‘lom psixologik muhiti;
o‘quvchining anomal (turli og‘ishlarga asoslangan) xulq (tajovuzkorlik,
giyohvand va tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi, jinoyat sodir
etishga moyillik kabilar)ga egaligi;
o‘quvchining kamsitilishi, unga nisbatan zo‘ravonlik va ta’ziqning
mavjudligi;
o‘quvchining melanxolik (ruhiy
siqilish, tushkunlik, g‘amginlikka moyillik,
yuqori darajadagi ta’sirchanlik, hissiyotni sus ifodalash – “ichimdagini top”lik);
sifatli ta’lim olish uchun zarur sharoitning yaratilmaganligi va boshqalar.
O‘quvchining tizimli ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi o‘qituvchining
pedagogik e’tiborsizligiga ham olib keladi. Pedagogik
nazoratdan chetda qolgan o‘quvchilar ko‘p holatlarda nosog‘lom psixologik
muhitga ega mikro guruhlarga qo‘shilib ketadi.
Psixolog A.Gelmontning fikriga ko‘ra, fanlarni o‘zlashtira olmaslik –
o‘quvchining murakkab va ko‘p qirrali faoliyati bo‘lib, uni to‘liq o‘rganish uchun
174
turli xil yondashuvlar talab qilinadi
124
.
Qolaversa, fanlarni o‘zlashtira olmaslik –
o‘quvchilarning mavjud tayyorgarligi maktabning majburiy talablarini bajarishga,
bilim, rivojlanishning amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish, ijodiy
faoliyat tajribasini shakllantirish, ijtimoiy munosabat malakalariga mos
kelmasligini ifodalaydi. O‘zlashtirmovchilikni o‘z vaqtida payqash va barcha
elementlarini bartaraf qilish uning oldini olishga yordam beradi
125
.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlardan o‘zlashtira olmaslik
boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Buning sababi ko‘pchilik
o‘quvchilar maktab ta’limiga psixologik hamda jismonan tayyor bo‘lmaydi. Shu
sababli maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilalarda 6-7
yoshli bolalarni
ta’lim olishga, o‘qish hamda maktab hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy talablarni
bajarishga samarali tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bunda tashxislash
natijalariga tayanish, ta’limiy muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi sabablarni
o‘rganish va ularni bartaraf qilish choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni bartaraf etishga oid turli nazariyalar mavjud:
biologik nazariya (L.S.Slavina), ijtimoiy-genetik yondashuv (I.A.Armyanov,
P.P.Blonskiy, L.S.Vыgotskiy), ijtimoiy nazariya (Dembele Baboy).
Psixolog va pedagog olimlar o‘quvchi tomonidan fanlarning o‘zlashtira
olmaslik holatini bir necha guruhlarga ajratadi. Jumladan:
Fanlarni mutlaq o‘zlashtira olmaslik (o‘quchi doimiy ravishda fanlar bo‘yicha
“2” hamda “1” baho oladi; maktab o‘quv dasturining
minimal talablarini deyarli
bajara olmaydi) va fanlarni nisbiy o‘zlashtira olmaslik (o‘quvchi DTS talablarini
qoniqarsiz ravishda bajaradi; o‘quv dasturi hamda didaktik talablarni minimal
ravishda bajaradi; o‘quvchining imkoniyatlari kognitiv yuklama (o‘quv materialini
nazariy jihatdan o‘zlashtira olish)ni ko‘tara oladi) (A.A.Budarniy);
Fanlarni oshkora o‘zlashtira olmaslik va fanlarni yashirin o‘zlashtira olmaslik
(bu holat ko‘pincha o‘quvchining ta’lim olishga bo‘lgan munosabatini belgilaydi)
(V.S.Setlin);
A – ahmoqlik olib keladigan umumiy fanlarni o‘zlashtira olmaslik;
B – umumiy (tuzatilgan va tuzatilmagan) yoki maxsus (tuzatilgan va
tuzatilmagan) fanlarni o‘zlashtira olmaslik;
C – o‘quvchining qobiliyati to‘la ro‘yobga chiqarilmaganligi sababli yuzaga
kelgan fanlarni o‘zlashtira olmaslik (P.P.Borisov tomonidan ingliz
yozuvchisi F. Shonellning qarashlariga muvofiq asoslangan).
o‘qishdagi umumiy kechikish va ayrim fanlarni o‘zlashtirishdagi kechikish
(N.P.Lokalova);
patologik irsiyat (asab va yurak kasalliklari), homiladorlikning og‘ir
kechishi, ota-onalarning fanlarni yomon o‘zlashtirganligi bilan bog‘liq
o‘zlashtirmovchiliklar (P.P.Blonskiy).
P.P.Borisov o‘tgan asrning 80-yillarida fanlarni o‘zlashtira olmaslikning
barcha sabablarini tahlil qilgan holda quyidagi to‘rtta katta guruhga ajratadi:
124
Гельмонт А.М. О причинах неуспеваемости и путях ее преодоления. – М.: Просвещение, 2004. –
С. 326.
125
Тот источник. – С. 324.
175
1) pedagogik sabablar: ayrim fanlarni o‘qitishdagi
kamchiliklar, oldingi
yillardagi bilimlardagi bo‘shliqlar, keyingi sinfga noto‘g‘ri o‘tish bilan bog‘liq
o‘zlashtira olmaslik;
2) ijtimoiy va maishiy sabablar: oiladagi nosog‘lom turmush tarzi, ota-
onalarning anomal (ijtimoiy axloq me’yorlariga mos kelmaydigan) xatti-
harakatlari, oilaning moddiy ta’minoti, o‘quvchida kuzatilgan muayyan ruhiy
holatlarning o‘z vaqtida davolanmaganligi, o‘quvchining
umumiy holatiga
beparvolik;
3) fiziologik sabablar: turli kasalliklar – umumiy salomatlikning zaifligi,
yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, yuqumli kasalliklar, markaziy asab tizimi,
tayanch-harakat tizimining funksional buzilishi, asab tizimi kasalliklari.
4) psixologik sabablar: diqqat, xotira, tushunishning sekinligi, nutq
rivojlanishi
darajasining pastligi, kognitiv qiziqishning mavjud emasligi,
dunyoqarashning torligi
126
.
Psixolog hamda pedagoglar tomonidan fanlarni o‘zlashtira olmaydigan
o‘quvchilar quyidagi uch tipga ajratiladi (28-rasm):
Pedagogik diagnostika va korreksiyada o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtira
olmasligini korreksiyalash muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: