Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

Tayanch tushunchalar:
xulq, ijtimoiy xulq, ijtimoiy xulq ko‘nikmalari, 
o‘zalshtira olmaslik, ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik, me’yordan 
xulqiy og‘ish, me’yordan xulqiy og‘ish turlari, jismoniy og‘ish, psixologik og‘ish, 
ijtimoiy og‘ish, pedagogik og‘ish, ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira 
olmaslikni korreksiyalash. 
I. Ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik.
Avvalgi mavzuda 
aytib o‘tilganidek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ko‘zga tashlanadigan yana bir 
salbiy holat – o‘quvchi tomonidan ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtira 
olmaslik sanaladi.
Ijtimoiy xulq-atvor ko‘nimalalarini o‘zlashtira olmaslik – yosh, 
psixologik hamda fiziologik nuqtai nazaridan o‘quvchi xulq-atvori, xatti-
harakatlarining ijtimoiy, shuningdek, jismoniy va ruhiy rivojlanganlik 
ko‘rsatkichlariga mos kelmasligi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilarida ijtimoiy xulq-atvor 
ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik ko‘p holatlarda boshlang‘ich sinf, asosan, 
maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnamagan, uy sharoitida, tor doiradagi 
munosabatlar jarayonida tarbiyalangan o‘quvchilarda ko‘zga tashlanadi. Ular duch 
keladigan jiddiy muammo – makro muhit bo‘lgan maktab sharoitiga ko‘nika 
olmaslik, yangi o‘rtoqlarni qabul qilolmaslik, ular bilan muloqot qila olmaslikdir. 
Buning natijasida o‘quvchi maktab ta’limi talablari – ma’lum vaqtda kelish va 
ketish, darslarning majburiy ravishda muayyan vaqt oralig‘ida tashkil qilinishi, 
o‘quv jarayoni ishtirokchilari: o‘qituvchi va sinfdoshlar bilan muloqot qilish 
kabilarga moslasha olmaydi. O‘zini sinf jamoasida o‘zini “begona” tutadi, 
noqulaylikni his qiladi, o‘qishga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi, o‘quv 
materiallarini qabul qilmaydi, topshiriqlarni bajarishga nisbatan beparvo bo‘ladi.
Global axborotlashuv, marginallik (“marginalis” – chekkada turadigan; turli 
madaniyatlar qorishmasi)ning keskin rivojlanayotganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi 
muloqotga nisbatan qat’iy ijtimoiy-axloqiy talablarning belgilanmaganligi, 
“ommaviy madaniyat” ta’sir ko‘lamining kengayishi me’yordan xulqiy og‘ish 
ko‘rinishlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari orqasida faol 
kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin