Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

ishonch bildirish
– bunda o‘quvchi o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish 
etgan holda jamoaning muhim ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi; 
doimiy ravishda ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni tashkil qilishga odatlantirib
borish 
– bu jarayonda o‘quvchiga jamoa tomonidan beriladigan 
topshiriqlar takrorlanadi, murakkablashtiriladi va o‘quvchi tomonidan ularning 
umumiy ahamiyatini anglash rag‘batlantiriladi; 
o‘quvchida jamoa bilan birlikning namoyon bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash
– 
bunda o‘quvchining ijtimoiy ishlarni bajarishga bo‘lgan sa’y-harakatlari 
rag‘batlantiriladi va ma’qullanadi, unga nisbatan sinfdoshlarning xayrixohligi 
kuchaytiriladi; 
 ishonchsizlik bildirish
– bu jarayonda jamoa tomonidan o‘quvchining xatti-
harakati, xulqi salbiy baholangani sababli unga biron bir ijtimoiy topshiriqni berish 
borasida shubha bildirilib, shu orqali u o‘zini o‘zi tanqidiy tahlil qilishga undaladi; 
vijdonan yondashmagan holda va sifatsiz bajarilgan ishni qabul qilishdan 
bosh tortish
– bunda jamoa o‘quvchidan ishni qayta bajarishni talab qiladi, 
o‘quvchining ishni yaxshiroq bajarishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi; 
o‘quvchining xudbinona munosabati va qarashlari ijtimoiy axloq 
me’yorlariga mos kelmasligini qoralash
– bu jarayonda o‘quvchining xulqi 
bevosita tanqid qilinadi; 
jamoaviy tanqid o‘rniga o‘quvchida o‘z-o‘zini tanqid malakalarini 
shakllantirish
– bunda o‘quvchi o‘z harakatlariga ob’ektiv baho berishga,
sinfdoshlar uning harakatidan noroziligi ekani sababini o‘ylab ko‘rishga undaladi,


192
o‘quvchini jamoaviy ijtimoiy ahamiyatli faoliyatga jalb qilish
– bu jarayonda 
o‘quvchi jamoaviy ishlarga o‘z munosabatini bildiradi, sinfdoshlari bilan 
hamkorlikda faoliyat yurita olish qobiliyatiga egaligini ko‘rsata olishi talab 
qilinadi. 
Korreksiyalashda o‘quvchining salbiy nuqsonlarini bartaraf qilish maqsadida 
u bilan individual ishlash foydali sanaladi. O‘quvchi bilan individual ishlashda 
quyidagi usullar qo‘llaniladi: 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin