Tarbiyalovchi vaziyat
– o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro
muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli
qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat.
Tarbiya
– shaxsga bilim berish orqali unda axloqiy fazilatlarni, mehnat
ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilish, orqali uni voyaga yetkazish;
shaxsda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil
qilishga qaratilgan amaliy harakat, pedagogik faoliyat.
“Tasodifiy assosiatsiyalar” metodi –
tasodifiy tanlangan ikkita
so‘z
(tushuncha) o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topish va u asosida orginal hikoya
to‘qishga yo‘naltirilgan metod. Pedagogik tashxislash jarayonida “Tasodifiy
assosiatsiyalar” metodidan quyidagicha foydalaniladi: 1-bosqich. Har bir o‘quvchi
o‘zi istagan kitob (u lug‘at, badiiy adabiyot, turli sohalarga oid qiziqarli
jurnal)ni qo‘lga olib, uning sahifalarini tasodifiy ochadi; 2-bosqich. Ochilgan
sahifaning raqamiga e’tibor qaratmay, ko‘rsatkich barmoq ixtiyoriy so‘zning
ustiga qo‘yiladi, aniqlangan so‘z qog‘ozga qayd etiladi; 3-bosqich. Bu harakat
yana bir bor qayta takrorlanib, yana bir so‘z aniqlanadi; 4-bosqich. Aniqlangan
har ikki so‘z o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik topiladi va u asosida orginal hikoya
to‘qiladi.
Tashxis
(pedagogikada)
– o‘zida tadqiqot (o‘rganish) ob’ekti sifatida
tanlangan shaxs yoki ijtimoiy guruh (masalan, o‘quvchilar sinfi)ga xos muayyan
xususiyatlarni, shaxslararo o‘zaro ta’sirni, o‘zaro munosabatlarni, o‘zaro bir-
birlarini tushunishni tavsiflaydigan pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi;
tashxislashning, ya’ni, tashxislash jarayonining natijasi, shuniningdek, ma’lum
xususiyat, sifat, holat va shu kabilarning tasdiqlanishi.
Tashxislovchi metodika
– ma’lum me’yorlarga tayangan holda muayyan
shaxs, shaxslar guruhi ( o‘quvchilar sinfi) yoki o‘rganilayotgan jarayonga xos
qandaydir sifat, o‘ziga xos xususiyatlarni o‘lchash, natijalarni o‘zaro solishtirish
va tasdiqlashga qaratilgan chora-tadbir.
Dostları ilə paylaş: |