Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/218
tarix01.11.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#131063
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   218
дарслик педагогика. ХРахматова

8. Qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish.
Pedagogik diagnostikaning 
zamonaviy muammolari juda ko‘p va xilma-xildir. Bu holat turli sabablar bilan 
izohlanadi. Ya’ni: pedagogik diagnostikaning ilmiy-metodologik asosi nazariy 
jihatdan hali yetarli darajada asoslanmagan; pedagogik diagnostikani amalga 
oshirishga bo‘lgan talabning xilma-xil mazmunga egaligi (ilmiy-pedagogik 
ekspertiza, tadqiqot faoliyati, o‘quv amaliyoti); diagnostik masalalarni hal qilishga 
differensial (tabaqaviy) yondashuvning talab qilinishi (sabab – pedagogik 
diagnostika maqsadining turlicha ekanidir). 
Zamonaviy sharoitda pedagogik diagnostika vositalarini o‘quvchilarning har 
tomonlama rivojlanishini ta’minlay oladigan darajada takomillashtirish talab 
qilinadi. Qolaversa, har bir o‘quvchining muammo va yutuqlariga tayangan holda 
uni rivojlantirish traektoriyasini oqilona belgilash maqsadga muvofiqdir. Bunda, 
eng muhimi, pedagogik diagnostika jarayoni bosqichlari to‘g‘ri belgilash va ularni 
izchil tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 
Demak, zamonaviy sharoitda har bir o‘qituvchi har o‘qituvchi pedagogik 
diagnostika asoslarini puxta bilishi, bu boradagi mavjud bilimlaridan ta’lim va 
tarbiya jarayonida samarali foydalana olishi zarur. Zero, shunda pedagogik 
jarayonning samaradorligini ta’minlash va o‘quvchilarni har tomonlama 
rivojlangan shaxs etib tarbiyalashga erishiladi. 
Nazorat savollari: 
1. “Pedagogik diagnostika va korreksiya” o‘quv fani qanday funksiyalarni 
bajaradi? 
2. Pedagogik diagnostikaning qanday turlari mavjud? 


22
3. Asosiy diagnostika qachon va nima maqsadda amalga oshiriladi? 
4. Tezkor diagnostika pedagogik diagnostikaning boshqa turlaridan qaysi 
jihatiga ko‘ra farqlanadi?
5. Pedagogik diagnostikaning o‘ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi? 
6. Pedagogik faoliyatni tashxislash qanday ahamiyatga ega? 
7. Tashkiliy-metodik tashxislash nima? 
8. Attestatsion tashxislashning muhim xususiyati nimadan iborat? 

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   218




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin